Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 30-sentabrning asosiy xabarlari

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishProvedenie spetsoperatsii VS RF
Provedenie spetsoperatsii VS RF  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2022
Obuna bo‘lish
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 309 ta samolyot, 155 ta vertolot, 2112 ta uchuvchisiz uchish apparati yo‘qotdi.
TOShKENT, 1 okt - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi tomonidan Ukraina hududida olib borilayotgan maxsus harbiy operatsiya bo‘yicha 30-sentabrning asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Dnepropetrovsk shahri yaqinida Rossiya Aerokosmik kuchlarining yuqori aniqlikdagi zarbasi Yujniy mashinasozlik zavodi ishlab chiqarish birlashmasi hududidagi Ukrainaning "Grom-2" va "Tochka-U" tezkor-taktik raketalarini yig‘ish sexlarini vayron qildi.
DXRning Kramatorsk shahri yaqinida joylashgan Ukraina QKning 81-havo-desant brigadasi bo‘linmalariga, 80-brigadaning raketa va artilleriya qurollari omboriga, raketa zarbalari berish natijasida 200 nafargacha millatchilar, 23 ta harbiy texnika birligi, to‘p va raketa artilleriyasi uchun 30 tonnadan ortiq o‘q-dorilarni yo‘q qildi.
DXRning Zakotnoe aholi punktlari va Nikolayev shahrida joylashgan Ukraina QKning 26-artilleriya va 59-moto piyooda o‘qchi brigadalariga, Xerson viloyatidagi Osokorovka aholi punktida joylashgan 128-tog‘-hujum brigadasi, DXRning Vremevka aholi punktida joylashgan 121-hududuiy mudofaa brigadasi, DXRning Redkodub aholi punktida joylashgan 66 va 93 mexanizatsiyalashgan brigadadariga, shuningdek, 148 nuqtada joylashgan artilleriyasi va tirik kuchiga zarba berilgan.
DXRning Mayaki, Zaporoje viloyatining Lejino, Dnepropetrovsk viloyatining Pavlograd, Kolomitsevo, va Nikolayev shahri aholi punktlarida oltita raketa va artilleriya qurollari va o‘q-dorilar ombori, shuningdek Redkodub qishlog‘i yaqinidagi Ukraina QKning 93-mexanizatsiyalashgan brigadasining ikkita yoqilg‘i quyish dala punkti yo‘q qilindi.
Nikolayev viloyatida, Chervoniy qishlog‘i yaqinida Rossiya Aerokosmik kuchlarining zarbasiga aylanib, Ukraina Qurolli Kuchlari elektron razvedka markazining mobil guruhi yo‘q qilindi. Shuningdek, Nikolayev shahri yaqinida artilleriya kuchlarining qarshi jangi natijasida Amerikaning HIMARS raketa tizimlarining vzvodiga zarba berildi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyoti Donetsk Xalq Respublikasining Klescheevka qishlog‘i yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining MiG-29 samolyotini urib tushirdi.
Ukrainaning yana bir Su-25 samolyoti Nikolayev viloyati, Ternove Podi qishlog‘i yaqinida Rossiya havo mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilindi.
Bundan tashqari, Rossiya Aerokosmik kuchlarining havo mudofaasi Xerson viloyatining Urojaynoe, Lugansk Xalq Respublikasining Svatovo, Vladimirovka, DXRNing Petrivske va Novogorovka aholi punktlari hududlarida beshta uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi.
Shuningdek, Xerson shahri osmonida, Xerson viloyati Novaya Kaxovka, Chervoni Mayak aholi punktlari hududlarida havoda HIMARS ko‘p uchiruvchi raketa tizimining 18 ta Amerika raketasi yo‘q qilindi va Amerikaning ikkita HARM radarga qarshi raketalari o‘qqa tutildi.
Kiyev rejimi Zaporoje atom elektr stansiyasida texnogen falokat xavfini yaratish maqsadida provokatsiyalarni davom ettirmoqda.
Ukraina artilleriyasi Energodar shahrining turar-joylari va AESga tutash hududlarni yana bir bor o‘qqa tutdi. Zarbalar Ukraina Qurolli Kuchlari nazorati ostidagi Dnepropetrovsk viloyatining Nikopol aholi punkti hududidan berilgan.
Rossiya Qurolli kuchlari dushmanning o‘q otish nuqtalarini javob zarbasi bilan bostirishdi. Ayni damda radiatsion muhit normal.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri jami 309 ta samolyot, 155 ta vertolot, 2112 ta uchuvchisiz uchish apparati, 377 ta zenit-raketa kompleksi, 5153 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 856 ta ko‘p raketali jangovar texnika, 3440 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 5988 dona maxsus harbiy mashinalar yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0