Rossiya universiteti Toshkent filiali binosini rekonstruksiya qilishda yordam beradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPodpisanie dokumentov
Podpisanie dokumentov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2022
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, joriy yil oxirigacha qurilish ishlari boshlanadi.
TOShKENT, 1 okt — Sputnik. N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti shu nomdagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti Toshkent filiali infratuzilmasini rekonstruksiya qilishda yordam beradi. Bu haqda universitetning Toshkent filiali direktori, innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Dmitriy Shagin ma’lum qildi.
“Oktabr oyida Moskvaga arxitektorlar guruhi keladi va yil oxirigacha qurilish ishlari boshlanadi”, deydi filial direktori.
Sentabr oyida Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti Rossiya delegatsiyasining O‘zbekistonga amaliy tashrifi bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiya rahbari Dmitriy Shagin tashrif doirasida bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Shuningdek, universitet filiali binolariga tashrif buyurdi, loyiha-arxitektura burosi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi, unda asosiy binoni rekonstruksiya qilish, yotoqxona va akkreditatsiya-simulyatsiya markazini qurish masalalari muhokama qilindi.
Yangiliklar lentasi
0