"Afrosiyob" Dashtobodda to‘xtab o‘tadigan bo‘ldi

© Unsplash / Abdul RaazSkorostnoy poyezd "Afrosiab"
Skorostnoy poyezd Afrosiab - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2022
Obuna bo‘lish
Toshkentdan Samarqandga yo‘lga chiqqan tezurar poyezd Jizzaxdagi Dashtobod bekatida to‘xtab o‘tadigan bo‘ldi.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. “Toshkent – Samarqand - Toshkent” yo‘nalishida harakatlanuvchi “Afrosiyob” tezurar poyezdi Jizzax viloyatida joylashgan Dashtobod bekatida to‘xtab o‘tadi. Bu haqida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.
Aytilishicha, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 17-oktabrdan 764/763 sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi Dashtobod bekatida ham to‘xtaydi.
Elektropoyezdni mazkur bekatda to‘xtab o‘tish vaqti 2 daqiqani tashkil etmoqda.
Harakat jadvali quyidagicha:
764-sonli poyezd Toshkent 8:25 — Dashtobod 9:32-09:34 — Samarqand 10:38
763-sonli poyezd Samarqand 16:11 — Dashtobod 17:14-17:16 — Toshkent 18:25
“Yo‘lovchilar chiptalarni Dashtobod bekatidan sotib olishlari mumkin. Ular uchun kutish zali ham tashkillashtiriladi”, deyialdi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0