Talaba va o‘quvchilarning qishki ta’til kunlari belgilandi

CC0 / Usplash / Element5 Digital / Devushka s knigami
Devushka s knigami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2022
Obuna bo‘lish
Qishki ta’til boshlanishidan 10 kun avval poyezd hamda mahalliy aviareyslarga chiptalar chegirma asosida sotiladi.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Talaba va o‘quvchilarining qishki ta’tili dekabr oyining oxirgi 10 kunligi va yanvar oyining birinchi 10 kunligi oralig‘ida o‘tkaziladi. Bu haqida Hukumat tomonidan qabul qilingan 560-sonli qarorda nazarda tutilgan.
Qarorga ko‘ra, dekabr oyining oxirgi 10 kunligi va yanvar oyining birinchi 10 kunligi oralig‘ida o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari talaba (o‘quvchi)larining har yilgi 2 haftalik qishki ta’tili o‘tkaziladi.
Qishki ta’til boshlanishidan 10 kun avvaldan chiptaning to‘liq qiymatidan 50 foizli chegirma asosida respublika ichidagi poyezdlarga (yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar va barcha yo‘lovchi poyezdlarning SV, VIP vagonlari bundan mustasno) hamda mahalliy aviareyslarga chiptalarning ekonom sinfi tarifi qiymatidan 50 foizli chegirma asosida sotish tavsiya etiladi.
2022 yildan qishki ta’til davrida o‘quvchi va talabalarning yo‘nalishli shaharlararo avtobus qatnovi orqali harakatlanishi uchun muddatli imtiyozlar to‘plamini (chegirmali chiptalar, aksiyalar) taqdim etish mexanizmi joriy etiladi.
Yangiliklar lentasi
0