Putin yangi hududlarni Rossiya tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi qonunlarni imzoladi

© Sputnik / Aleksey DrujininPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2022
Obuna bo‘lish
Donesk va Lugansk xalq respublikalari, Zaporojye va Xerson viloyatlari aholisi bu hududlarning Rossiya tarkibiga kirgan kun, 30-sentabrdan boshlab Rossiya fuqarolari deb tan olinadi.
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donesk va Lugansk xalq respublikalari, Zaporojye va Xerson viloyatlarini Rossiya tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi to‘rtta qonunni imzoladi. Tegishli hujjatlar huquqiy axborot internet portalida chop qilingan
Hujjatlarga ko‘ra, respublikalar va viloyatlar chegaralari “ular tashkil etilgan va Rossiya tarkibiga qabul qilingan kunda mavjud bo‘lgan” hududlari chegaralari bilan aniqlanadi.
Qonunlarga ko‘ra, yangi mintaqalar aholisi bu hududlarning Rossiya tarkibiga kirgan kundan boshlab – 30-sentabr – Rossiya fuqarolari deb tan olinadi.
23-27 sentabr kunlari Ukrainaning ozod qilingan hududlarining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tdi. Referendum natijalariga ko‘ra DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42 %, Xerson viloyatida - 87,05 % va Zaporojye viloyatida - 93,11% aholi Rossiyaga qo‘shilishni yoqlab ovoz bergan.
30 sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va DXR, LXR, Xerson va Zaporojye rahbarlari Rossiya tarkibiga yangi hududlarni qabul qilish to‘g‘risidagi shartnomalarni imzolashdi.
2 oktabr kuni Rossiya Konstitutsiyaviy sudi Donesk va Lugansk xalq respublikalari, Zaporojye va Xerson viloyatlarini Rossiya tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi shartnomalarni Konstitutsiyaga muvofiq deb tan oldi.
3 oktabr kuni Rossiya Davlat dumasi, 4-oktabr kuni esa Rossiya Federal Majlisi Federatsiya kengashi bu shartnomalarni ratifikatsiya qildi.
Yangiliklar lentasi
0