Ta’lim kreditlari miqdori uch baravar oshdi – Xalq banki

© Sputnik / Aleksandr KrajevStudent
Student - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2022
Obuna bo‘lish
5 avgustdan 30-sentabrga qadar 15 631 nafar talabaga 174 mlrd so‘m miqdorida ajratilgan. Undan 75 % - xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan.
TOShKENT, 5 okt – Sputnik. Xalq banki ajratgan ta’lim kreditlari miqdori 2022-yilda o‘tgan yilga nisbatan 3 baravar oshdi. Bu haqida Xalq banki axborot xizmati rahbari Gulnoza Alimova Sputnik muxbiriga aytib berdi.

Xalq banki tomonidan ta’lim kreditlari uchun 2021-yilda 49 milliard so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2022-yilda 206 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Bu ko‘rsatgich o‘tgan yilga nisbatan 3 barobarga o‘sgan.

Xususan, 25-avgustdan 30-sentabrga qadar 15 631 nafar talabaga 174 mlrd so‘m miqdorida ajratilgan. Undan 75 % - xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan, - deydi bank vakili.
Ta’lim kreditlari soni va miqdori bo‘yicha Xalq banki O‘zbekistonda yetakchidir. Bank tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlar ulushi respublika bo‘yicha ajratilgan jami ta’lim kreditlarning 39 %ini tashkil qiladi. Qolgan 61% - boshqa 11ta bank bank tomonidan ajratilgan.
Yangi o‘quv yilida ta’lim kreditlari soni oshishining asosiy sabablari, bu - OTMlarga kvotalar soni oshishi, tijorat banklarida ta’lim krediti ajratish jarayoni tezlashishi va xotin-qizlarni o‘qitish va ularga imtiyozlar ajratish bo‘yicha qabul qilingan hukumat qarorlari bo‘ldi, - deydi bank vakili.
Ta’lim kreditlar qachon qaytariladi
Asosiy qarz talabaning rasmiy o‘qish muddati tugaganidan so‘ng, yettinchi oydan boshlab 7-yil davomida qaytarilishi belgilangan.
Qanday t’lim yo‘nalishlariga kredit berilmaydi
“Shuni alohida ta’kidlaymanki, ta’lim kreditlari Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktlar (ya’ni super kontrakt) va masofaviy ta’lim uchun ajratilmaydi”, - dedi Gulnoza Alimova.
Nega aynan Xalq bankiga murojaat qilishmoqda
Xalq bankidan kredit olishning bir necha qulay tomonlari bor. Bulardan birinchisi - bank filiallarining Respublika bo‘ylab keng tarqalgani. Viloyat, tuman va shaharlarda 186 ta filiali hamda 87 ta bank xizmatlari markazi muntazam faoliyat yuritib kelmoqda.
Shuningdek Xalq banki talabalar va ularning ota-onalari uchun bepul bank kartalari ochish imkoniyatidir. Shundan so‘ng ota-onalar farzandining xarajatlari uchun kartadan-kartaga pul o‘tkazmalarini foizsiz amalga oshirishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0