Toshkentda Igor Moiseyev xalq raqs ansambli baletining ilk namoyishi o‘tkaziladi

Igor Moiseyev nomidagi xalq raqs ansambli  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2022
Obuna bo‘lish
Balet dasturidan Igor Moiseyev ijodining turli davrlarida yaratilgan va jahon klassikasiga aylangan asarlari joy olgan.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Toshkentda 12–13-noyabr kunlari “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Igor Moiseyev nomidagi xalq raqs ansambli baletining ilk namoyishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.
Igor Moiseyev ijodining turli davrlarida yaratilgan va jahon klassikasiga aylangan asarlarni o‘z ichiga olgan “Moiseyev-85” yubiley dasturi taqdim etiladi.
Igor Moiseyev nomidagi xalq raqs ansambli  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2022
Igor Moiseyev nomidagi xalq raqs ansambli
“Ansamblning har bir chiqishi hamisha muxlislarning mutlaq olqishiga sazovor bo‘ladi. Tomoshabin va soha mutaxassislari raqqos va raqqosalarning mahoratli ijrosi, sayqallangan uslubi hamda jo‘shqin ifodasiga tasanno aytadilar”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Igor Moiseyev dunyoda birinchi sahna san’atining yangi janri - xalq sahna xoreografiyasini yaratgan. Xalq raqs ansambli xalq og‘zaki ijodini sahnaviy talqin qilishning yangi badiiy usuli bo‘lib, uning maqsadi folklorni professional san’at yordamida rivojlantirish va boyitishdir.
1/2
2/2
1/2
2/2
Yangiliklar lentasi
0