Toshkentda sobiq Astronomiya bog‘i o‘rnida zamonaviy gul bog‘i barpo etiladi

© Sputnik / Yekaterina ChesnokovaSveti magnolii, arxivnoe foto
Sveti magnolii, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2022
Obuna bo‘lish
Yunusobod tumanidagi 6 gektar yer maydonida joylashgan sobiq Astronomiya parki o‘rnida tashabbuskor tadbirkorlarni jalb qilgan holda zamonaviy gul bog‘ini tashkil etiladi.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Toshkentning Yunusobod tumanidagi sobiq Astronomiya va aeronavtika bog‘i o‘rnida zamonaviy gul bog‘i barpo etiladi. Poytaxt hokimligi tegishli qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan.
6 gektar yer maydondagi zamonaviy gul bog‘ini tashabbuskor tadbirkorlarni jalb qilgan holda tashkil etish rejalashtirilmoqda. Buning uchun ochiq tanlov o‘tkaziladi.
Gul bog‘i hududi g‘olibga gul bog‘ini barpo etish va saqlash majburiyatlarini o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirish shartlarida 30 yil muddatga ijaraga beriladi.
Ijara shartnomasi muddati tugaganidan tadbirkor gul bog‘i obyektini davlat sherigiga beg‘araz asosda topshiradi.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 31-avgustdagi tegishli qaroriga muvofiq Toshkent shahrining har bir tumanida attraksionlardan holi bo‘lgan kichik istirohat bog‘larini barpo etish belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0