BAA bozorida O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi savdo platformasini ishga tushirish kutilmoqda

© JCementTovarno-siryevaya birja Uzbekistana
Tovarno-siryevaya birja Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2022
Obuna bo‘lish
“UZEX” delegatsiyasining yaqin kunlarda BAAga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) bozorida O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi savdo platformasini ishga tushirish kutilmoqda. Bu haqida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar berdi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining BAAdagi vakolatxonasi tomonidan Dubay ko‘p tarmoqli tovar va xomashyo markazi (DMCC) rahbariyati bilan O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi (UZEX) vakillari ishtirokida muzokaralar tashkil etildi.
Unda “UZEX” platformasi samaradorligini oshirish maqsadida “DMCC”ning ilg‘or tajribasini qo‘llash, shuningdek, BAA bozorida “UZEX” savdo platformasini yaratish masalalari muhokama qilindi.
Hamkorlikning amaliy bosqichlarini boshlash maqsadida “UZEX” delegatsiyasining yaqin kunlarda BAAga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0