O‘zbekistonlik amputantlarlar futbol bo‘yicha JChda bronza medalini qo‘lga kiritdi

© Amputee Football World CupO‘zbekiston amputantlar terma jamoasi
O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2022
Obuna bo‘lish
Amputantlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Gaiti jamoasini mag‘lub etib, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan amputant futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi Jahon chempionatidagi 3-o‘rin uchun bo‘lib o‘tgan bahsda Gaiti terma jamoasini 4:2 hisobida mag‘lub etgan.
O‘zbekistonlik vakillar uchinchi o‘rin uchun bahsda Gaiti terma jamoasini 4:2 hisobida mag‘lub etgan.
Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha O‘zbekiston amutantlar termasi bunga qadar jahon chempionatida uchta oltin (2007, 2010, 2012), bitta kumush (1998) va ikkita bronza (1991, 2002) medaliga ega chiqqan.
O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi bugun soat 19:00 da Vataniga qaytib keladi.
Yangiliklar lentasi
0