Iqtidorli opera va balet ijodkorlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari tasdiqlandi

© Depositphotos.com / BezikusRepetitsiya balerin v pachkax
Repetitsiya balerin v pachkax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2022
Obuna bo‘lish
Xalqaro nufuzli opera va balet tanlovlarida sovrinli o‘rinlarni egallagan ijodkorlar 30 million so‘mgacha bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. 5-oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Opera va balet san’atini targ‘ib qilish va iqtidorli ijodkorlarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deya yozadi Norma.uz.
Prezidentning 2021-yil 27-dekabrdagi tegishli qaroriga muvofiq, opera va balet san’ati bo‘yicha iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularni yuzaga chiqarish va rag‘batlantirish tizimini joriy qilish maqsadida har yili an’anaviy tarzda respublika ko‘rik-tanlovlari o‘tkaziladi:
- fevral oyida – yosh vokal ijrochilari;
- aprel oyida – yosh balet ijrochilari;
- iyun oyida – dirijor, rejissor va baletmeysterlar.
Respublika ko‘rik-tanlovlarining Gran-pri va I o‘rin g‘oliblari mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat qabul kvotasiga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.
2022 yildan boshlab Davlat budjeti hisobidan har ikki yilda quyidagilar o‘tkaziladi:
Halima Nosirova nomidagi xalqaro yosh operachilar ko‘rik-tanlovi;
“Toshkent bahori” xalqaro opera va balet festivali.
Xalqaro nufuzli opera va balet festivallari, tanlovlarida I, II va III o‘rinlarni egallagan ijodkorlar Davlat budjeti hisobidan daromad solig‘idan ozod qilinadigan quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi:
- I o‘rin uchun – 100 BHM;
- II o‘rin uchun – 70 BHM;
- III o‘rin uchun – 50 BHM.
Hujjat bilan ko‘rik-tanlovlar va festivallarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar ham tasdiqlangan.
Yangiliklar lentasi
0