Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha bo‘lmaydi

© Sputnik / Pavel LisisinGazovaya plita
Gazovaya plita - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2022
Obuna bo‘lish
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filialida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Bugun Toshkent shahri Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarining ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqida "Hududgaz Poytaxt" gaz ta’minoti filiali xabar berdi.
Chilonzor tumani, Tirsakobod 4-tor ko‘chasida joylashgan gaz quvurini xavfsiz hududga ko‘chirish ishlari rejalashtirilgan.
Shu sababli soat 10:00 dan soat 18:00 ga qadar Chilonzor tumani, Gavhar ko‘chasidagi xonadonlarda, 4 ta ulgurji tashkilotda hamda Yakkasaroy tumani, Gavhar ko‘chasidagi 1 ta ulgurji tashkiloti gaz ta’minotidan vaqtinchalik uziladi.
Shundan:
Kichik ishlab chiqarish korxonasi - 4 ta
“O‘zgarish gaz trans” Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi -1 ta.
Xabarda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz iste’molchilardan uzr so‘ralmoqda.
Yangiliklar lentasi
0