Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Zaporojyedagi rus jangchilari olg‘a borishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi

© AP PhotoSpetsoperatsiya Rossii po zashite Donbassa
Spetsoperatsiya Rossii po zashite Donbassa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2022
Obuna bo‘lish
Jangchining so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik jangarilar deyarli har kuni bezovta qiladi, jangovar harakatlar va provokatsiyalar uyushtirishga harakat qiladi.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Rossiya janubiy harbiy okrugi jangchilari Zaporojye viloyatidagi mudofaa chiziqlarini asbob-uskuna bilan ta’minladi va ular buyruq kelishi bilan hujumga o‘tishga tayyor. Bu haqda jangchilardan biri RIA Novostiga ma’lum qildi.

“Ular mudofaamizdagi zaif nuqtalarni qidirmoqda, ichkariga kirib, yorib o‘tishga harakat qilmoqda, ammo ular muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Yigitlarimiz ruhan juda kuchli. Yigitlar zo‘r. Deyarli100 foiz hujumga o‘tishga tayyor. Yigitlar jim o‘tirishdan charchadi va oldinga intilishni xohlaydi”, - deydi jangchi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik jangarilar deyarli har kuni bezovta qilishadi, jangovar harakatlar va provokatsiyalar uyushtirishga harakat qilishadi.
“Ular bizni ruhiy tushkunlikka tushirishga harakat qilmoqda. Lekin biz tirikmiz va har qanday ssenariyga tayyormiz. Dushmanni kutmoqdamiz, u bundan keyin nima qilar ekan va unga qarshi turishga tayyormiz”, deya qo‘shimcha qildi agentlik suhbatdoshi.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Yangiliklar lentasi
0