Mirziyoyev Ostonada Turkiya prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Prezidentom Tureskoy Respubliki Redjepom Tayipom Erdoganom.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Prezidentom Tureskoy Respubliki Redjepom Tayipom Erdoganom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2022
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat yetakchilari Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning (OHIChK) VI sammiti doirasida uchrashdi.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostonadagi Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti doirasida Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Prezidentlar keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishini ko‘rib chiqishdi.
Qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surish va yangi ishbilarmonlik tashabbuslarini amalga oshirish, Turkiya yetakchi kompaniyalarining O‘zbekistondagi davlat korxonalarini xususiylashtirish jarayonidagi ishtirokiga alohida e’tibor qaratildi.
Faol gumanitar almashinuvlarni, eng avvalo, madaniyat va ta’lim sohalarida davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Joriy yil noyabr oyida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Turkiy davlatlar tashkilotiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Vazirlarning “O‘zbekiston-Turkiya-Ozarbayjon” formatidagi muntazam uchrashuvlari doirasida samarali muloqotni kengaytirishga kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Qozog‘iston poytaxtida Osiyoda hamkorlik va ishonch chora-tadbirlari bo‘yicha kengash sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Iroq, Eron, Qatar, Qirg‘iziston, Falastin, Tojikiston, Turkiya rahbarlari ishtirok etmoqda.
Forumda Osiyo hududi va aholisining qariyb 90 foizini qamrab olgan 28 nafar ishtirokchi bor. Bir qator davlatlar va beshta xalqaro tashkilot, jumladan, BMT ham kuzatuvchi maqomiga ega.
Yangiliklar lentasi
0