O‘zbekiston dzudo bo‘yicha JChda uchinchi o‘rinni egalladi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaMuzaffarbek Turaboyev stal chempionom mira po dzudo. Seremoniya nagrajdeniya.
Muzaffarbek Turaboyev stal chempionom mira po dzudo. Seremoniya nagrajdeniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston birinchi bor dzudo bo‘yicha dunyo birinchiligini umumjamoa hisobida kuchli uchlikda yakunladi.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatining yakkalik bellashuvlarida uchinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar qildi.
Davlat Bobonov (-90 kg) va Muzaffarbek To‘raboyev (-100 kg) qo‘lga kiritgan oltin medallar evaziga O‘zbekiston ilk bor dunyo birinchiligini umumjamoa hisobida kuchli uchlikda yakunladi.
Yaponiya 5 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Braziliya jamoasi egalladi. Braziliyalik dzudochilar 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega chiqishga muvaffaq bo‘lishdi.
Bugun musobaqaning so‘nggi kunida aralash jamoaviy bellashuvlarda g‘olib va sovrindorlar aniqlab olinadi. O‘zbekistonlik dzudochilar birinchi Avstriya termasi bilan kuch sinashishadi.
Eslatib o‘tamiz, dzudo bo‘yicha jahon chempionatiga Toshkent mezbonlik qilmoqda. Bellashuvlar "Humo Arena" majmuasida bo‘lib o‘tmoqda.
Yangiliklar lentasi
0