Moskvada o‘tkaziladigan MDH Iqtisodiy kengashi yig‘ilishining sanasi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishVidi Moskvi
Vidi Moskvi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2022
Obuna bo‘lish
MDH Iqtisodiy kengashi yig‘ilishi Qozog‘iston raisligida bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Moskvada 9-dekabr kuni Qozog‘iston raisligida MDH Iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqida MDH ijroiya qo‘mitasi raisi – ijrochi kotibi Sergey Lebedev ma’lum qildi.
"9 dekabr kuni Moskvada Qozog‘iston Respublikasi raisligida MDH Iqtisodiy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Umid qilamizki, u samarali bo‘ladi", deydi Lebedev brifing chog‘ida.
Lebedev, shuningdek, 28-oktabr kuni Qozog‘iston poytaxtida MDH davlatlari hukumat rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tishini eslatdi. Yig‘ilish kun tartibi boy bo‘lishini ta’kidladi.
Ushbu uchrashuv davomida hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlikni takomillashtirish va mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0