Yerevan Bokuga chegara masalasini Brusselda muhokama qilishni taklif qildi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr Respubliki Armeniya Nikol Pashinyan na plenarnom zasedanii v ramkax Vostochnogo ekonomicheskogo foruma vo Vladivostoke.
Premyer-ministr Respubliki Armeniya Nikol Pashinyan na plenarnom zasedanii v ramkax Vostochnogo ekonomicheskogo foruma vo Vladivostoke. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2022
Obuna bo‘lish
Yerevan Bokuga chegarani delimitatsiya qilish bo‘yicha 31-oktabr kuni Brusselda uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi.
TOShKENT, 15 okt – Sputnik. Armaniston tomoni Bokuga chegarani delimitatsiya qilish bo‘yicha 31-oktabr kuni Brusselda uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi, dedi bosh vazir Nikol Pashinyan.

“Armaniston Ozarbayjonga 31-oktabr kuni Brusselda chegarani delimitatsiya va xavfsizlik bo‘yicha komissiyalar yig‘ilishini o‘tkazishni taklif qildi”, — deb yozdi Pashinyan Tvitterda.

22 may kuni Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Yevropa kengashi rahbari Charlz Mishel o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari o‘z tashqi ishlar vazirliklariga Yerevan va Boku o‘rtasida tinchlik muzokaralariga tayyorgarlik ko‘rishni boshlash haqida ko‘rsatma berdi.
24 may kuni Armaniston-Ozarbayjon davlatlararo chegarasida chegarani delimitatsiya qilish va xavfsizlik bo‘yicha qo‘shma komissiya formatida Armaniston Bosh vaziri o‘rinbosari Mher Grigoran va Ozarbayjon Bosh vaziri o‘rinbosari Shahin Mustafoyevning birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Avgust oyi oxirida Armaniston va Ozarbayjon bosh vazirlari o‘rinbosarlari Mher Grigoran va Shahin Mustafoyev chegarani delimitatsiya qilish masalalari bo‘yicha uchinchi uchrashuv o‘tkazishga kelishib oldilar.
Mojaro 13-sentabr tunda yana avj olib tomonlar bir birini o‘qqa tutgan edi. Buning oqibatida Ozarbayjon tomonidan 77 nafar, Armanistondan 105 nafar harbiy halok bo‘lgan.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra 14-15 oktabr tunda ham arman-ozarbayjon chegarasida otishma sodir bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0