Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Kiyev tomonida jang qilayotgan yollanma askarlarning "sifati" tushib ketdi - video

Obuna bo‘lish
Ukraina tomonida jang qilayotgan yollanma askarlar jang maydonida oson o‘ljaga aylanmoqda - Gagin.
TOShKENT, 15 okt - Sputnik. Kiyev tomonida jang qilayotgan yollanmalarning "sifati" tushib ketdi, dedi RIA Novostiga DXR rahbari maslahatchisi Yan Gagin.
"Oldin ular Amerika yoki Yevropa davlatlaridan kelgan, tajribali harbiylar bo‘lgan bo‘lsa, endi sharqiy Yevropa yoki "uchinchi dunyo" davlatlardan kelgan shunchaki oson pul topishni istaydigan avanturistlarlar. Ular jang maydonida oson o‘ljaga aylanmoqda.
Ularning professionallik darajasi razvedka guruhlaridan ham ko‘rinib turibdi - oddiy granata bilan qo‘yilgan "rastajkalarni" (tuzoq) ham ko‘rmaydi. Yaqinda to‘rt nafar polshalik yollanma ana shunday tuzoqda portlab ketdi.
Agar siz ham shunday oson o‘lja bo‘lishni istasangiz, marahamat", - dedi Gagin.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Qurolli Kuchlari maxsus operatsiya doirasida Rossiyaga qarshi Ukraina emas butun NATO davlatlari jang qilayotganiga bir necha bor e’tibor qaratgan edi. Shuningdek Ukraina tomonidan minglab yollanma askarlar jang qilmoqda. Ular xalqaro huquq normalariga zid ravishda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ukrainaning xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan jalb etilmoqda.
Ukrainada ayniqsa polshalik yollanma askarlar soni ko‘p. Buni Polshaning Ukrainadagi mojaro natijasidan manfaatdorligi bilan izohlash mumkin. Polsha rasmiylari Ukrainaning g‘arbiy viloyatlarini o‘z hududiga qo‘shib olish niyatini bir necha bor aytib o‘tishgan edi.
Yangiliklar lentasi
0