Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

NATO Ukrainadagi mojaroga de-fakto qo‘shildi – Peskov

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishDmitriy Peskov, arxivnoe foto
Dmitriy Peskov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti matbuot kotibi NATO Ukraina mojarosiga amalda qo‘shilgani, ammo bu Rossiyaning maqsadlariga ta’sir qilmasligini aytdi.
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Shimoliy Atlantika alyansi (NATO) Ukraina mojarosiga de-fakto kirib keldi, ammo bu Rossiyaning maqsadlariga ta’sir qilmaydi, dedi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“NATO de-fakto allaqachon Ukraina mojarosiga qo‘shilgan. Lekin bu bizning barcha maqsad va rejalarimizga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, ya’ni operatsiya davom etmoqda va u yakuniga yetadi”, - degan Peskov jurnalistning tegishli savoliga javob berar ekan.
Kreml matbuot kotibi bu Rossiya uchun qanchalik mashaqqatliligi haqida so‘ralganda, bu "sezilarli darajada qiyinroq" ekanini aytdi.

“Bu, ehtimol, bizning ichki iqtisodiy va boshqa safarbarlikni talab qiladi. Kiyev rejimi boshqa narsa, NATOning salohiyati esa boshqa. Bu qo‘shimcha yuk. Lekin bizning salohiyatimiz bizga shunday sharoitlarda operatsiyani davom ettirish imkonini beradi", - deya qo‘shimcha qildi Peskov.

Medvedev: Stoltenberg NATOning Rossiyaga qarshi urushdagi ishtirokini tasdiqladi
Sentabr oxirida Rossiya yetakchisi Vladimir Putin maxsus harbiy operatsiyaning asosiy maqsadlari o‘zgarishsiz qolayotganini aytdi — birinchi navbatda, bu Donesk va Lugansk Xalq Respublikalarini ozod qilishdir. Putinning ta’kidlashicha, LXR to‘liq, DXR esa qisman ozod qilingan.
Yangiliklar lentasi
0