Farg‘ona tumaniga yangi hokim tayinlandi

© Sputnik / © Sputnik / Aleksey DanichevMujchini s portfelem v ruke. Arxivnoe foto
Mujchini s portfelem v ruke. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2022
Obuna bo‘lish
Tumanning avvalgi hokimi Shuhratjon Mo‘minov prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan sentabr oyi oxirida lavozimidan ozod qilingan.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Xamidullo Tadjiyevich Inomov Farg‘ona tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun xalq deputatlari Farg‘ona tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rilgan va Hamidullo Inomov tuman hokimi etib tasdiqlangan.
Tayinlovga qadar, Inomov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Kadrlar ma’muriyatchiligi departamenti davlat organlari va tashkilotlarida kadrlar ishini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh inspektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Hamidullo Inomov 1982-yilda Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida tug‘ilgan.
Eslatib o‘tamiz, tumanning 2020-yilda tayinlangan avvalgi hokimi Shuhratjon Mo‘minov prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan sentabr oyi oxirida lavozimidan ozod qilingan edi. Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov Mo‘minov bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilganini aytgandi.
Yangiliklar lentasi
0