Oltita tumanda meva-sabzavotlarni chuqur qayta ishlash sanoat parklari tashkil etiladi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishSbor i pererabotka urojaya ovoshey, arxivnoe foto
Sbor i pererabotka urojaya ovoshey, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2022
Obuna bo‘lish
Prezident meva-sabzavotlarni chuqur qayta ishlash orqali qo‘shilgan qiymatni bemalol 3-4 baravarga oshirish mumkinligini ta’kidladi.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Mirzaobod, Denov, Parkent, O‘rta Chirchiq, Urganch va Quva tumanlarida meva-sabzavotlarni chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan oziq-ovqat sanoat parklari tashkil etiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev agrar sohasiga bag‘ishgan yig‘ilishda tegishli topshiriqni berdi.
Qayd etilishicha, meva-sabzavotlarni chuqur qayta ishlash boradagi ko‘rsatkich hozircha past. Bog‘ va uzumzorlarning 20 foizida, sabzavot maydonlarining atigi 7 foizida intensiv usul joriy qilingan.
Shu bois oziq-ovqat sanoatida 2 ming 163 ta loyiha shakllantirilgan. Ularning natijasida 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari importi qisqarib, eksport imkoniyati ochiladi. 37 mingdan ziyod kishi ish bilan ta’minlanadi.
Davlat rahbari meva-sabzavotlarni chuqur qayta ishlash orqali qo‘shilgan qiymatni bemalol 3-4 baravarga oshirish mumkinligini ta’kidladi. Mirzaobod, Denov, Parkent, O‘rta Chirchiq, Urganch va Quva tumanlarida shunga ixtisoslashgan oziq-ovqat sanoat parklarini tashkil qilish bo‘yicha topshiriq berildi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston 760,2 mln dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilgan. Qozog‘iston (517,4 ming tonna) va Rossiya (380 ming tonna) o‘zbek meva-sabzavotining asosiy xaridorlari.
Yangiliklar lentasi
0