Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

"Ovqatlanish uydagidan yomon emas" - ukrainalik harbiy asirlar

© Sputnik / Russian Defence Ministry / Mediabankka o‘tishUkrainskie voyennie s "Azovstali" v Mariupole, sdavshiyesya v plen
Ukrainskie voyennie s Azovstali v Mariupole, sdavshiyesya v plen - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2022
Obuna bo‘lish
Asirlikdagi harbiy xizmatchining so‘zlariga ko‘ra, ularga yaxshi munosabatda bo‘lishgan, hech kim uni kaltaklamagan va kamsitmagan.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Ukrainalik harbiy asirlarning RIA Novosti agentligiga ma’lum qilishicha, asirlikda ularga yaxshi munosabatda bo‘lishmoqda va ular uydagidan yomon ovqatlanmayapti.

“Asirlikda bizga yaxshi munosabatda bo‘lishdi. Albatta, qo‘llarimizni bog‘lashdi, lekin suv berishdi, hojatxonaga bordik”, deydi Cherkas viloyatidan 40 yoshli Nikolay Shves.

Harbiy xizmatchining so‘zlariga ko‘ra, hech kim uni kaltaklamagan va kamsitmagan. Uning ta’kidlashicha, u to‘rt kundan beri asirlikda.

“Bu yerda uydagidan yomon ovqatlantirishmayapti, tushenka va go‘sht bilan. Ular esa (Ukraina qo‘mondonligi) taslim bo‘lmaslik yaxshiroq, deb aytishdi. Chunki masxara qilishadi”, - deydi harbiy asir.

Asirga olingan yana bir ukrainalik askar, Sumi shahridan 47 yoshli Nikolay Dachenkoning RIA Novostiga aytishicha, unga ham yaxshi munosabatda bo‘lishgan, urishmagan, suv berishgan.
“Barakalla. Juda yaxshi munosabatda bo‘lishdi”, deb tan oladi u.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Yangiliklar lentasi
0