Xususiy bog‘chalarda bolalar davomati elektron tizim orqali nazorat qilinadi

Obuna bo‘lish
Xususiy bog‘chalarga kirib kelgan axborot texnologiyalari va bolalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida materialimizda o‘qing.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. O‘zbekistondagi davlat xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy bog‘chalarda bolalarni elektron tizim asosida kunlik nazorat qilish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda "Toshkent shahar maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilgan yutuqlar” mavzusidagi press-tur davomida ma’lum qilindi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Qayd etilishicha, “Nodavlat bog‘cha” mobil ilovasi orqali har bir bola rasmga olinib, vazirlik elektron bazasiga yuboriladi. Mazkur tizim asosida bolalarning bog‘chaga kelib-ketishi real vaqt rejimida nazorat qilinadi. Bu esa bolalar sonini qo‘shib yozish yoki uni kamaytirish holatini oldini oladi.

“Bog‘chalarda bu tizimning ishga tushirilishi ancha qulaylik yaratdi. Avvalgidek daftarga yozib o‘tirmasdan telefon orqali “jonli davomat” orqali ish yuritiladi. Bazadagi serverda bog‘chadagi bolalarning aniq ro‘yxati bo‘ladi va “o‘lik raqamlar yo‘qoladi”, - deydi Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi AKT bo‘lim boshlig‘i Eldor Xidirov.

Maktabgacha ta’lim boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Anvar Jo‘rayevning so‘zlariga ko‘ra, mobil ilova Nodavlat maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan sentabr oyidan davlat budjeti orqali subsidiya va kompensatsiya oladigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 100% ishga tushirilgan. Hozirda kunlik davomat 80-85% ko‘rsatkichni tashkil etmoqda.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda bitta bog‘chani to‘liq qurib bitirish uchun 7 mlrd so‘m atrofida mablag‘ sarflanadi.
Masalan, Yunusobod tumanidagi “LITTLE TOTS ACADEMY” davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog‘cha loyiha qiymati 7,2 mlrd so‘mni tashkil etadi. Shundan 5,4 mlrd imtiyozli kredit asosida, qolgan 1,8 mlrd so‘m mablag‘ tadbirkorning o‘z hisobidan barpo etilgan.
Mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti 240 o‘rinli bo‘lib, 11 ta guruhdan iborat. Ayni vaqtda bog‘chada 15 nafar pedagog ishlaydi.
Bolalar rus guruhlarida tarbiyalanadi, ularga ingliz, arab, turk tillari o‘rgatilmoqda.
Sergeli tumanidagi 42-sonli “Bilimlar mamlakati” nomli bog‘cha qurilishiga esa 13 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan. Tashkilot 345 o‘rinli bo‘lib, u 10 ta guruhdan iborat. Ayni vaqtda bog‘chada 44 nafar xodim ishlaydi.

Bog‘chalarda “Ilk qadam” takomillashtirilgan davlat dasturi asosida ta’lim berilmoqda. Hozirda dasturning o‘quv qo‘llanmalari asosida darslar o‘tilmoqda. Dasturga ko‘ra, guruhdagi har bir bolaga erkinlik beriladi, bola o‘zi istagan yo‘nalishda salohiyatini ko‘rsatadi”, - deydi tarbiyachi Dilorom Komiljonova.

© Sputnik
Davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog‘cha - Sputnik O‘zbekiston
1/12
© Sputnik
Davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog‘cha - Sputnik O‘zbekiston
2/12
© Sputnik
Davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog‘cha - Sputnik O‘zbekiston
3/12
© Sputnik
Davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog‘cha - Sputnik O‘zbekiston
4/12
© Sputnik
Davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog‘cha - Sputnik O‘zbekiston
5/12
© Sputnik
Davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog‘cha - Sputnik O‘zbekiston
6/12
© Sputnik
Davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog‘cha - Sputnik O‘zbekiston
7/12
© Sputnik
Davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog‘cha - Sputnik O‘zbekiston
8/12
© Sputnik
Davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog‘cha - Sputnik O‘zbekiston
9/12
© Sputnik
Davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog‘cha - Sputnik O‘zbekiston
10/12
© Sputnik
Davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog‘cha - Sputnik O‘zbekiston
11/12
© Sputnik
Davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog‘cha - Sputnik O‘zbekiston
12/12
Yangiliklar lentasi
0