Kamharakatlik tufayli yarim milliard odam xastalikka chalinishi mumkin - JSST

© Depositphotos.com / StockassoUstaliy mujchina s bolyu v spine
Ustaliy mujchina s bolyu v spine - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2022
Obuna bo‘lish
2030 yilga kelib kam harakatlilik oqibatidan yarim milliard odam kasal bo‘ligi va ularni davolash uchun 300 milliard dollar kerak bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Kamharakatlik oqibatida 2030-yilgacha yarim milliard odam xastalikka chalinishi mumkin. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga tayanib xabar berdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyoda jismoniy faollik susayishining jiddiy oqibatlari haqida ogohlantirish bilan chiqdi.
Unda qayd etilishicha, kamharakatlik tufayli 2030-yilgacha Yer yuzida 500 milliondan ortiq kishi yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga chalininishi mumkin. Ularni davolashga yo‘naltiriladigan sarf-xarajatlar dunyo iqtisodiyotiga 300 milliard dollar ziyon yetkazadi.
Kelib chiqishi kutilayotgan noinfeksion xastaliklarning deyarli yarmi, ya’ni 47 foizi gipertenziya, qolgan 43 foizi esa depressiya bilan bog‘liq bo‘lishi aytilmoqda. Barcha holatlarning to‘rtdan uch qismi kam daromadli va rivojlanayotgan davlatlarda kuzatilishi ehtimoli katta.
Shuningdek, JSST hisobotida jismoniy faollikning COVID-19 pandemiyasi va boshqa xavfli kasalliklarni yengishdagi ahamiyati ham keltirilgan.
Ma’lumot uchun, kamharakatlik oqibatida dunyo bo‘yicha yiliga 5 million kishi hayotdan ko‘z yummoqda. Eng yomoni, kelgusida bu ko‘rsatkichlar yanada oshishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0