Ma’mun akademiyasi Xivadagi me’moriy yodgorliklar bo‘yicha baza ishlab chiqdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2022
Obuna bo‘lish
Elektron bazadan 94 ta tarixiy yodgorlik haqida ma’lumot o‘rin olgan
TOShKENT, 19 okt - Sputnik. Xorazm Ma’mun akademiyasiolimlari tomonidan Xiva shahridagi me’moriy yodgorliklarholati bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasi ishlab chiqildi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, unda Xiva tarixiy me’moriy obidalari va ularning texnik holatiga oid ilmiy asoslangan ma’lumotlar keltirilgan.
Ma’lumotlar bazasi “Ichan-qal’a” va “Dishan-qal’a” hududida joylashgan tarixiy me’moriy yodgorliklarning texnik holatini o‘rganishga doir kompleks ilmiy tadqiqotlar asosida tayyorlangan.
Elektron ma’lumotlar bazasidan YuNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan "Ichan-qal’a boshqaruv rejalarini ishlab chiqish harakat rejasi" xalqaro loyihasini bajarishda va Xiva tarixiy-me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash ishlarida amalda keng foydalanilgan.
Katalog tarzida tayyorlangan elektron ma’lumotlar bazasiga Xivadagi jami 94 ta tarixiy me’moriy yodgorliklarning fotosuratlari, texnik holatlari, qurilmalari va ularning tarixi bilan bog‘liq yangi ma’lumotlar keltirilgan.
Yangiliklar lentasi
0