O‘zbekiston va Rossiya AKT sohasida yangi bosqichdagi hamkorlikni boshlaydi

© Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiO‘zbekiston-Rossiya hamkorligi
O‘zbekiston-Rossiya hamkorligi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2022
Obuna bo‘lish
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorligini yangi bosqichga ko‘taradi.
O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos Rossiya raqamli rivojlanish, telekommunikatsiyalar va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Bella Cherkesova bilan muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Asosiy e’tibor axborot texnologiyalari sohasidagi jahon tendensiyalari va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning rivojlanish dinamikasini hisobga olgan holda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi O‘zbekiston-Rossiya hamkorligini yangi bosqichga ko‘tarish masalalariga qaratildi.
Oleg Pekos hozirda har qanday davlatning jahon miqyosida yanada rivojlanishi va raqobatbardoshligi yuqori darajada axborot texnologiyalarining samarali rivojlanishiga bog‘liq ekanligini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, zamonaviy raqamli texnologiyalarni jadal rivojlantirish O‘zbekiston davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Shunga ko‘ra, mamlakat yalpi ichki mahsulotida axborot texnologiyalari sohasining ulushini ko‘targan holda keyingi besh yilda dasturiy mahsulotlar eksportini bir necha barobarga oshirishni ta’minlash maqsad qilingan.
Yangiliklar lentasi
0