Harbiy holat: Rossiya va MDH fuqarolari uchun nimalar o‘zgarmoqda?

© Sputnik / Kirill Norton / Mediabankka o‘tishBlokpost VS RF v Xarkovskoy oblasti
Blokpost VS RF v Xarkovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2022
Obuna bo‘lish
Harbiy holat avvalo huquqni muhofaza qiluvchi organlar va hokimiyat tuzilmalariga tegishli. Tashqi o‘zgarishlarni Rossiyaning ko‘p aholisi sezmasligi mumkin.
TOShKENT, 21 okt - Sputnik. Prezident farmoni bilan 20-oktabrda Rossiyaning to‘rtta hududida e’lon qilingan harbiy holat harbiy harakatlar taktikasi, safarbarlik, Qurolli Kuchlarni tashkillashtirish, iqtisodiyot va RF jamiyatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Aslida bularning barchasi - Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasining strategik vazifalarining operativ hal qilish uchun. Bundan tashqari, bu MDH hududidagi “ko‘p vektorli” siyosatning bema’niligini ham namoyish qiladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 19-oktabr kuni Donesk va Lugansk respublikalari hamda Zaporojye va Xerson viloyatlarida harbiy holat e’lon qilish haqida farmon imzoladi. Shu kunning o‘zida Federatsiya Kengashi bir ovozdan ushbu hujjatni tasdiqladi.
Yuqorida keltirilgan to‘rtta hududda harbiy harakatlar ilk bor bo‘layotgani yo‘q va harbiy holat de-fakto yuzaga kelgan edi. Donbass yo‘llarida blokpostlar va hujjatlarni tekshiruvlar bilan hech kimni hayratlantirib bo‘lmaydi.
Xerson viloyatida hukumat to‘liq harbiy bo‘ladi va joriy komendantlik soati doirasi (22:00 dan 5:00 gacha) o‘zgartirilishi mumkin. Biroq, yangi maqom u yoki bu tarzda butun Rossiyaga, hatto MDH davlatlariga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Ukraina bilan chegaradagi hududlarda va yangi viloyatlarda (Qrim va Sevastopol, Krasnodarsk o‘lkasi, Belgorod, Bransk, Voronej, Kursk, va Rostov viloyatlarida) “o‘rtacha javobgarlik darajasi” e’lon qilingan. Markaziy Federal Okrug hamda Janubiy Federal Okrugning boshqa hududlari "Yuqori xushorlik holati"da turibdi.
Rossiyaning barcha hududlarida tayyorgarlikning asosiy bosqichi (jamoat tartibi, muhim obyektlarni qo‘riqlashning kuchaytirilishi, transport, energetika, aloqa va kommunikatsiyalar uchun alohida rejim) e’lon qilinmoqda.
Harbiy holat avvalo huquqni muhofaza qiluvchi organlar va hokimiyat tuzilmalariga tegishli. Tashqi o‘zgarishlarni Rossiyaning ko‘p aholisi sezmasligi mumkin.
Farmon Rossiya Federatsiyasi hukumati va mahalliy hokimiyat organlariga operativ holatdagi o‘zgarishlarga yanada samarali javob berishga imkon beradi. Viloyatlar hududiy mudofaa otradlarini shakllantirish, fuqarolarni o‘ta xavfli hududlardan vaqtincha ko‘chirish, favqulodda vaziyatlarda mahalliy aholini yordamga jalb qilish uchun qonuniy asoslarga ega bo‘ldi.
Harbiy holat gubernatorlarga huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida muvofiqlashtiruvchi shtablar tuzish, iqtisodiy sohada safarbarlik, fuqarolik mudofaasini tashkil etish, harbiy qismlarning dolzarb ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi. Kreml yaqin kunlarda Rossiya mintaqalarining xavfsizlik bo‘yicha takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor.
Kecha Rossiya xavfsizlik choralari Kengashi kotibi Nikolay Patrushev migratsiya sohasida davlat organlari vazifalarini to‘g‘rilash zarurligini e’lon qildi - MDH mamlakatlaridan kelgan mehnat muhojirlari istiqomat qiladigan joylarda tartibni kuchaytirish rejalashtirilmoqda.
Migratsiya nazorati va chet el fuqarolarining Rossiyada bo‘lgan vaqtda chet el fuqarolarining qoida buzish holatlarida javobgarlik kuchaytirilmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va maxsus xizmatlarga mehnat migrantlaridan jinoyat sodir etishda foydalanayotgan xalqaro terroristik va ekstremistik tashkilotlar a’zolarini aniqlash bo‘yicha topshiriqlar berilgan. Rossiyaning yangi to‘rtta hududi qochoqlari orasida ham ukrain maxsus xizmatlari tomonidan josuslik, sabotajlar uchun yollanganlar ham bor.
Shu bilan birga asosiy e’tibor chet el fuqarolarining ijtimoiy va madaniy moslashuvlari, ularning farzandlarini Rossiya umummilliy dasturlarga ko‘ra o‘qitishga qaratilmoqda.

Mudofadan hujumga

Bir necha sutkadan buyon Ukraina Qurolli Kuchlari Dneprning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Rossiya qo‘shinlari pozitsiyasiga maxsus xizmat hamda batalon taktik guruhlari bilan hujum qilmoqda. Chorshanba kuni tongda ukrain desanti (37 ta tezurar kema va kater)- Zaporojye AESga hujum qilmoqchi bo‘lganda Kaxov suv omboriga so‘l qirg‘og‘ida joylashtirilayotganda yo‘q qilingan.
Dushman Nikolayev-Krivorojsk yo‘nalishida katta yo‘qotishlarga duch kelmoqda, biroq NATO rahbariyatini bu qiziqtirmaydi. Hujum qilish - Vashingtonning 8-noyabrda bo‘lib o‘tadigan AQSh Kongressi saylovlari arafasidagi, demokratlar saylovchilar oldida javob berishi kerak bo‘lgan og‘riqli savol - 20 mlrd dollar nimalarga sarflanganini tushuntirib berishlari uchun kerak.
Kiyev rejimi tirik kuchlarning katta qismi hamda G‘arb tomonidan yetkazilgan jangovar texznikani Nikolev viloyatiga Xersonga “oraliq” hujumlar maqsadida yo‘naltirgan. Rossiya bu yerda qudratli qo‘shin guruhlarini joylashtirgan va eshelonli mudofaa tizimini yaratgan (Xersondan g‘arbroqda va Zaporojye yo‘nalishida).
Ukraina bosh shtabi britaniyalik maslahatchilar rahbarligida Dneprdagi Kaxov GES to‘g‘onini raketta zarbasi yoki dengiz minalari yordamida portlatib yuborish rejasini ishlab chiqmoqda. Buning oqibatida balandligi besh metrgacha bo‘lgan “sunami” hosil bo‘lishi va quyi yo‘nalishda joylashgan muhim hududni suv bosishi uchun mumkin. Suv omborining hajmi taxminan 13 milliard kubometr, to‘g‘on Xersondan 50 km uzoqlikda joylashgan.
Gap Rossiya Federatsiyasi hududi haqida ketmoqda. Vaziyat oson emas, noodatiy yechimlarni talab qiladi. Xerson viloyati aholisini ko‘chirish va (halokatli suv toshqini oldini olish uchun) suvni aylanma kanallar orqali oqizish tashkillashtirilmoqda.
Maxsus operatsiya ko‘mondoni, armiya generali Sergey Surovikin 18-oktabr kuni “Xerson shahri bo‘yicha keyingi rejalarimiz va harakatlarimiz yuzaga keladigan harbiy-taktik vaziyatga bog‘liq bo‘ladi”,- dedi. “Murakkab yechimlar” ham istisno emas - Surovikinning ushbu so‘zlari katta ma’noni bildiradi va Kiyev rejimi hamda NATOga hech qanday yaxshilikni anglatmaydi. Rossiya diqqatni jamlab, “oq qo‘lqop”larini yechmoqda.
O‘n kundirki, butun Ukraina bo‘ylab Ukraina Qurolli kuchlarining energetika, qo‘mondonlik, logistika va aloqa vositalariga hujumlar davom etmoqda. Rossiya maxsus operatsiyasi zonasida yaqin kunlarda mudofaadan hujumga o‘tish hamda yana uchta hudud- Nikolayev, Odessa va Dnepropetrovsk viloyatlarini ozod etishga ishonch ortib bormoqda. Bu haqda bugun Xerson viloyati ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov ma’lum qildi. Rus yerlarini ukrain millatchiligi va amerikancha “NATOning sharq tomon kengayishi”ni tozalash davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0