Turkiya yirik gaz xabiga aylanmoqda – Erdog‘an

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishPrezident Tursii Redjep Tayip Erdogan, arxivnoe foto
Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2022
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti Anqara Yevropadan farqli o‘laroq boshqa yo‘lni tanlaganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 23 okt - Sputnik. Turkiya xorijiy davlatlar umid qiladigan yirik gaz xabiga aylanmoqda. Bu haqda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an ta’kidladi.
Erdog‘an Ukraina inqirozi bo‘yicha muvozanatli siyosatdan voz kechishga chaqirgan Anqara raqiblarini tanqid qildi. U ziddiyatli tomonlardan biri bilan muloqotdan bosh tortish Turkiyani hozirda energiya inqirozini boshidan kechirayotgan Yevropa davlatlari bilan bir qatorga qo‘yishini ta’kidladi.

“Turkiyaning muvozanatli siyosati butun dunyoda ma’qullandi. Agar biz tanqidchilarga ergashganimizda, bugun biz ham yevropaliklar kabi kelayotgan qishdan qanday omon qolish haqida o‘ylashimiz kerak edi. Biroq Anqara boshqa yo‘lni tanladi va bizda gaz bilan bog‘liq muammolar yo‘q”, - dedi Erdog‘an.

U “Turkiya umid bog‘langan yirik gaz xabiga aylanib borayotganini” ta’kidladi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya gaz tranzitini “Shimoliy oqim”dan Qora dengiz mintaqasi va Turkiyaga o‘tkazishi mumkinligini aytgan edi. Rossiya rahbari bu g‘oyani Turkiya prezidenti bilan muhokama qilgan. Ular bu masalani batafsil va tezkorlik bilan ishlab chiqishni topshirdi.
Redjep Tayip Erdogan, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2022
Erdog‘an Putin bilan Turkiyadagi gaz xabi yuzasidan kelishib olganini ma’lum qildi
Yangiliklar lentasi
0