Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

© Sputnik / Pavel LisisinGazovaya plita
Gazovaya plita - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2022
Obuna bo‘lish
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Toshkent shahrining Mirobod va Yashnobod tumanlarining ba’zi joylarida 25-oktabr kuni gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqida "Hududgaz poytaxt" xabar berdi.
Aytilishicha mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari olib boriladi. Unga ko‘ra, Mirobod tumani Vodil ko‘chasida joylashgan gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan.
Bugun soat 10:00 dan quyidagi joylarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi:
Mirobod tumani Qo‘shko‘prik, Farg‘ona yo‘li, Nukus 1-tor, Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chalaridagi 400 ta xonadonda;
Yashnobod tumani Bakiniskiy, Qashqadaryo, Mirg‘ob, Farg‘ona yo‘li, Obod makon, Elbek ko‘chalaridagi 2206 ta xonadonda hamda ushbu manzillardagi 41 ta ulgurji tashkilotda.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Yangiliklar lentasi
0