Nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo‘shiladi

© pexels.com/SHVETS productionInvalid-predprinimatel
Invalid-predprinimatel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2022
Obuna bo‘lish
Prezident pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Endi I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo‘shiladi. Bu prezident imzolagan 795-sonli qonunda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, agar ixtisoslashgan tibbiy muassasalarning shifokorlari va o‘rta tibbiy xodimlari shaharchalar, qishloqlar hamda ovullarda kamida 25-yil ishlagan bo‘lsa, ularning oxirgi ish joyidan qat’i nazar, belgilangan yoshni 5-yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi.
Hisoblab chiqarilgan pensiyalarga ustama haqlar O‘zbekiston oldida alohida xizmatlari bo‘lgan shaxslarga – pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizidan 150 foizigacha belgilanadi.
I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1-yil ish stajiga ega bo‘lsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash murojaat qilgan sanadagi yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
O‘gay ota va o‘gay onaning vafot etgan o‘gay o‘g‘ilni (qizni) tarbiyalaganligi yoki boqqanligini aniqlash, pensiyasiga ustama to‘lash Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Mavzuga oid:

Senatorlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning himoyasini yanada kuchaytiruvchi qonunni ma’qullashdi
Nogironlik pensiyasini qayta hisoblash tartibi o‘zgarishi kutilmoqda
Pensiya olish huquqiga ega bo‘ladigan xodimlar ro‘yxati tuziladi
Yangiliklar lentasi
0