Rossiyaning yetakchi OTMlaridan biri o‘zbek madaniyatiga bag‘ishlangan yo‘nalish paydo bo‘ladi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovMinistr prosvesheniya RF Sergey Kravsov
Ministr prosvesheniya RF Sergey Kravsov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya maorif vaziri Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston madaniyatiga bag‘ishlangan yo‘nalish paydo bo‘lishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetida (RDPU )O‘zbekiston madaniyatiga bag‘ishlangan yo‘nalish paydo bo‘ladi. Bu haqda Rossiya maorif vaziri Sergey Kravsov ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
“Biz Sankt-Peterburgdagi Gersen universitetida fuqarolarimiz O‘zbekiston Respublikasi madaniyati va tarixini ko‘proq bilishlari uchun O‘zbekiston madaniyati va an’analariga oid yo‘nalish ochishga kelishib oldik”, - dedi Kravsov Toshkentdagi Gersen nomidagi RDPU filiali talabalari oldida nutq so‘zlayotib.
“Biz kelasi yili boshida Sankt-Peterburgda pedagogika ta’limiga bag‘ishlangan forum o‘tkazishga kelishib oldik. Biz uzoq va samarali hamkorlik qilishga shaymiz. Qolaversa, kelgusi yil Rossiyada “Pedagog va murabbiy” yili deb e’lon qilingan. Buning doirasida biz O‘zbekistonning boshqa mintaqalariga tashrif buyuramiz”, - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil sentabrida A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filiali ilk talabalarini qabul qildi. Filialda talabalar sakkizta yo‘nalish bo‘yicha ta’lim olishadi. Maktabgacha ta’lim, inson va jamiyat psixologiyasi hamda rus tilini chet tili sifatida o‘qitish nazariyasi va metodikasi shudar jumlasidan.
Gersen universitetining ta’lim darajasi va sifati, ilmiy maktablari va olimlarining mahorati xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lgan. U dunyoning eng yaxshi universitetlari QS World University Rankings (QS) reytingidan ham o‘rin olgan.
Yangiliklar lentasi
0