Maxsus operatsiyada yangicha yondashuv: dengizdagi dronlar jangi

© Sputnik / Vasiliy Batanov / Mediabankka o‘tishLetniy period obucheniya na ChF vpervie otkrilsya smotrom na reyde Sevastopolya
Letniy period obucheniya na ChF vpervie otkrilsya smotrom na reyde Sevastopolya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2022
Obuna bo‘lish
Sevastopoldagi Qora dengiz floti va fuqarolik kemalariga dronlar yordamida uyushtirilgan hujum muvaffaqiyatli qaytarildi.
O‘n oltita uchuvchisiz uchish apparati (UUA) va dengiz dronining Sevastopolga birgalikdagi hujumi – NATOning Rossiya bilan proksi urushida yangi daraja, qo‘g‘irchoq Kiyev rejimining manfaatlari, qo‘shinlari yoki resurslarini hisobga olmasdan, Ukraina jang maydonlari tashqarisida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurolli qarama-qarshilik tomon aniq siljishdir.
Bu “uchar golland”larning zamonaviy avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari qo‘mondonligi ostida uchuvchisiz uchish apparatlari bilan muvofiqlikda ko‘p domenli jangovar maqsadlarda foydalanilishining yangi davriga kirishni anglatadi.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 29-oktabr kuni tongda Sevastopolda joylashgan ham tashqi, ham ichki reydlardagi Qora dengiz floti va fuqarolik kemalariga terrorchilik hujumi uyushtirilgan. Birlashgan hujumda to‘qqizta uchuvchisiz uchish apparati va yettita dengiz dronlari harakatga keltirilgan.
Dushmanning barcha havo tipidagi dronlari kemalardagi havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan tezkorlik bilan urib tushirilgan. To‘rtta dengiz droni Sevastopolning tashqi reydida, uchtasi esa ichki reydida kema qurollari va Qora dengiz floti aviatsiyasi yordamida yo‘q qilingan.
“Ivan Golubes” dengiz mina qo‘riqlash kemasi va Janubiy ko‘rfazdagi to‘siq biroz shikastlangan.
Rossiya mudofaa idorasi Ukrainaning 73-maxsus dengiz amaliyotlari markazi va terrorchilik hujumiga tayyorgarlik ishlari bilan Nikolayev viloyatining Ochakov shahridagi Britaniya mutaxassislari shug‘ullanganini ma’lum qildi.
RF Qurolli kuchlari 30-oktabr kuni havodan zarba berib Ochakovdagi maxsus operatsiya markazini yo‘q qildi. Shunga qaramay, Qora dengiz flotining asosiy bazasiga dengiz va havo dronlari bilan shiddatli hujum uyushtirish darajasi Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) ning taktik-texnologik vakolati va imkoniyatlari doirasidan tashqarida.
Hatto NATOda ham turli samaradorlikka ega harbiy-dengiz dronlariga sanoqli davlat egalik qiladi. Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya, Turkiya shular jumlasidan. Ukraina bu yuqori texnologik klubga kirmaydi va tayyor operatorlarga ham ega emas.
Shu bilan birga, Ochakovdan Sevastopolgacha dengiz droni taxminan 300 km yo‘l bosib, keyin Sevastopol ko‘rfazining 400 metrlik kuzatuv nuqtasiga tushishi kerak, tor Janubiy ko‘rfazda navigatsiya va nishonni belgilash mushkulligi haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Alyansning 16 ta zarba beruvchi mashina va strategik uchuvchisiz “koordinator” RQ-4B Global Hawk ishtirokidagi ushbu ko‘p domenli operatsiyasida Ukraina Qurolli Kuchlari mutaxassislari faqat buyruq bajaruvchi yoki asosiy “qahramonlar” ortiga yashirinadigan niqob rolini o‘ynashlari mumkin edi.
Amerikaning "The New York Times" gazetasi Ukraina Qurolli Kuchlarining “jasorati”ni darhol taqdim etgani va Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Britaniya mutaxassislarining terrorchilik harakatini tayyorlashda ishtirok etgani sabab boshqa vakolatli idoralar bilan birgalikda tezroq “amaliy qadamlar” ishlab chiqayotgani bejiz emas.

Bizga bunday “yo‘lak” kerak emas

Qora dengiz flotining hujumga uchragan kemalari Ukraina portlaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini go‘yoki och qolgan Afrika mamlakatlariga eksport qilish bo‘yicha xalqaro tashabbus doirasida “don yo‘lagi” xavfsizligini ta’minlayotgandi.
Haqiqatda esa yuzlab don tashuvchi kemalar gullab-yashnagan G‘arbiy Yevropaga jo‘nadi, afrikaliklarga loyihadan mayda ushoqqina nasib qildi. Bundan tashqari, NATO xavfsiz “koridor” va fuqarolik don tashuvchi kemalaridan Rossiyaga zarar yetkazish uchun foydalanishga qaror qildi.
Alyansning Sevastopol yo‘lidagi yettita harbiy-dengiz uchuvchisiz uchoqlari buning dalilidir. “Uchar gollandlar”dan birining harakat koordinatalari Qora dengizdagi “don yo‘lagi”ning xavfsizlik zonasidagi boshlang‘ich nuqtani ko‘rsatapti. Takror aytaman, Ukraina boshqa texnologik darajada va Ukraina Qurolli kuchlari faqat Pentagon va NATOning yuqori texnologiyali hujumlarini yashirish uchun foydalanilyapti.
RF “don kelishuvi”dan chiqqanligi sababli, quruq yuk tashuvchi kemalarining Odessa va Bosfor bo‘g‘ozi o‘rtasida bo‘zchining mokisidek qatnashi qarama-qarshilikning kuchayishi uchun majmuaviy tahdidlarni yuzaga keltiradi va shuning uchun qabul qilinishi mumkin emas.
Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining langardan uzilgan minalari butun Qora dengiz bo‘ylab suzib yuribdi va tasodifan savdo kemasi portlasa G‘arb buni Rossiya Qora dengiz flotining hisobiga yozib qo‘yadi. Boshqa tomondan, Rossiya tekshiruvisiz yuk kemalari Kiyev rejimiga qurol va o‘q-dorilarni tashishni ko‘paytiradi va Ukraina jang maydonida qurbonlar sonini oshiradi.
Shunday qilib, Qora dengiz floti kuchlari tomonidan “xavfsizlik koridorini” blokirovka qilish bo‘yicha strategik chora-tadbirlar (NATOning ko‘p domenli zamonaviy loyihalariga qarshi turish uchun texnologiya va taktika) va tezkor harakatlar (masalan, Odessa porti infratuzilmasini yakson qilish) bugungi kunda RF Qurolli kuchlari uchun bir xil darajada muhimdir.
Topilgan dengiz dronlari qoldiqlari Moskvaga asosli qaror qabul qilish imkonini beradi. Bu yerda variantlar mavjud. Vashington rasmiylari yakshanba kuni AQSh Sevastopolga hujumga yordam bermaganini va uni amalga oshirish uchun Ukrainaga razvedka ma’lumotlarini yetkazmaganini aytdi. Biroq, aprel oyida Pentagonning o‘sha vaqtdagi matbuot kotibi Jon Kirbi AQSh harbiy-dengiz kuchlari zaxiralaridagi eksperimental suv usti dronlari “qirg‘oqni muhofaza qilishdagi turli vazifalarni” hal qilish uchun Ukrainaga yuborilayotganini e’lon qilgan edi.
Pentagon "SeaHanter" yoki "Remus" kabi suv usti va suv osti robotli transport vositalarini ishlab chiqishga katta e’tibor beradi. Ukrainada esa ko‘pdan beri beri NATOning eksperimental mahsulotlari sinovdan o‘tkaziladi. 29-oktabrda Ukraina Amerikaning (AQShning Yevropa ittifoqchilari bu yo‘nalishda ancha orqada) ko‘p domenli operatsiyalari konsepsiyasini sinovdan o‘tkazish uchun poligon bo‘lib xizmat qilganida bunga yana guvoh bo‘ldik.
Voqealar rivoji kelgusida qanday bo‘lishidan qat’i nazar, shanba kuni maxsus harbiy operatsiyaning dengiz sahnasida “uchar golland”larning zamonaviy avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari qo‘mondonligi ostida uchuvchisiz uchish apparatlari bilan muvofiqlikda ko‘p domenli jangovar maqsadlarda foydalanilishining yangi davri ochildi.
NATOning “soxta bayroq ostida” shunga o‘xshash operatsiyalarni davom ettirishiga tayyorgarlik ko‘rish kerak. Alyansning dronlari va razvedkalari (shu jumladan sun’iy yo‘ldoshlar) Ukraina jang maydonlarida ishlamasligi kerak.
Fikrimcha, Amerikaning RQ-4B Global Hawk strategik razvedka va boshqa apparatlari maxsus harbiy operatsiya zonasi yaqinida paydo bo‘lishi, NATO tomonidan ishlab chiqarilgan dronlarning hujumlari bilan “mos keladigan” bo‘lsa, Rossiya havo mudofaa tizimlari uchun qonuniy nishonga aylanishi mumkin.
Rossiyaga shunchaki boshqa tanlov qolmayapti. NATO butun Sharqiy Yevropani sudraluvchi “ukrainlashtirish” bilan shug‘ullanyapti va mutlaqo beparvolik bilan Uchinchi jahon urushiga o‘tishni “nazorat qilish”ga urinyapti.
AQSh prezidenti Jo Bayden va NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning Rossiya Federatsiyasining “don bitimi”dan chiqishidan noroziligi taxmin qilingandi, negaki Moskva alyans rejalarini buzdi.
Boltiqbo‘yida (“Shimoliy oqim”ni portlatish) va Sevastopoldagi dron hujumlari Pentagon va NATOning bir xil strategiyasining halqalaridir. Biroq, siz shunchaki keta olmaysiz, aks holda o‘rta muddatda biz Rossiya dengiz chegaralarining butun perimetri bo‘ylab alyansning yangi hujumlarini ko‘ramiz (“soxta bayroq ostida” yoki bayroqsiz – muhim emas).
Bosqinchilarga qarshi muqarrar qasos haqida qattiq eslatish kerak va bu o‘rinda Rossiya Bosh shtabida keng imkoniyatlar va ishontirish vositalari mavjud.
Obyektiv ravishda, NATO va Rossiya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuv ehtimoli ortib bormoqda. Britaniya yana Rossiya Qrimini ishg‘ol etishni orzu qilyapti. Kongressda Qo‘shma Shtatlar Rossiyani “har qanday holatda” ham yo‘q qilish zarurligi aytilyapti, chunki u “an’anaviy qadriyatlarni e’tirof etuvchi pravoslav mamlakat”. "USS Gerald Ford" yadroviy aviatashuvchi kemasi boshchiligidagi AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining samolyot tashuvchilar guruhi Yevropaga yo‘l olyapti, vaholanki Amerikaning "USS George Bush" aviatashuvchi kemasi boshchiligidagi zarbdor guruhi allaqachon Yevropa suvlarida bo‘lib turibdi.
Hatto AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp ham bugun o‘z mamlakatini “yovuz” deb atayapti va amaldagi prezident Jo Baydenni “elektr stul”ga loyiq, deb hisoblayapti. Oxirgi taklif BMTda muhokama qilishga arziydi.
Yangiliklar lentasi
0