Kolumnistlar

Yevropada yegulik tugayapti. Aybdor, oʻz oʻzidan maʼlumki, Rossiya

© AFP 2023 / CHARLY TRIBALLEAULyudi v pekarne na yejednevnom krыtom rыnke v Tuluze.
Lyudi v pekarne na yejednevnom krыtom rыnke v Tuluze. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.11.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yevropaga oziq-ovqat tanqisligi xavf solyapti, Gʻarb OAVlari, shubhasiz, bunda Rossiya ayblashga tushib ketishgan. Biroq aslida ham shundaymi?
Mintaqaga oziq-ovqat inqirozi yaqinlashayotgani xususida baʼzan hisob-kitob va nazorat zanjiridan boʻshalib ketadigan Yevropa matbuoti iyuldayoq bong ura boshlagandi.
“Gʻalla yaqin haftalarda taqchil boʻlib qolishi mumkin. Fermer xoʻjaliklari federatsiyasi noqulay ob-havo sharoiti, xususan, qurgʻoqchilik tufayli gʻalla hosili past boʻlishidan xavotirda ekanini bildirdi. Gʻallakorlar boshqa ekinlar, masalan, grechka haqida ham xuddi shunday tashvish bildirdilar. Oʻz navbatida, bu omillar turli xil un navlarining yetishmasligiga olib kelishi mumkin”.
Frantsiya uchun asosiy ekinlarni yigʻib olish bilan bogʻliq muammolar haqida soʻz boruvchi maqola shu yilning 15 iyulida chop etilgan.
Ikkita yirik chakana savdo doʻkonlari “Leclerc” va “Super U” rahbariyati oradan olti oy oʻtar-oʻtmas yanada noxush prognozlarni eʼlon qildi. Mishel-Eduard Lekler va Dominik Shelsher nuqtai nazaridan, mamlakat oziq-ovqat narxlarida misli koʻrilmagan inflyatsiyaga duch kelishi mumkin (Janob Leklerning fikriga koʻra, u yil oxiriga kelib deyarli 17 foizga yetishi mumkin, aniqrogʻi 16,9 foizga, janob Shelsher, bundan tashqari, odatdagi mahsulotlarning kamida oʻn foizi sotuvdan yoʻqoladi deb hisoblaydi).
“Le Monde” gazetasining kollektiv nazariyotchisi chakana sotuvchilardan qolishmaslikka qaror qildi. U chakana sotuvchilar tomonidan keltirilgan raqamlarni tasdiqladi va Frantsiyada hozir joriy asrda misli koʻrilmagan inflyatsiya darajasi kuzatilayotgani hamda oxirgi marta bunday yuqori narx rastalarda 30 yildan koʻproq vaqt oldin koʻrilganini qoʻshimcha qildi.
“Gʻalati tasodif” bilan, bir necha kun oldin bajarish shartlari buzilgani uchun Rossiya oʻz ishtirokini toʻxtatib qoʻygan don kelishuvi 22 iyul kuni kuchga kirdi.
Aynan oʻsha paytda Yevropa ommaviy axborot vositalari noqulay ob-havo sharoiti va natijada qitʼada don ekinlari tanqisligi tufayli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kam hosil haqida maqolalarni nashr eta boshladilar.
Buni oddiy tasodif deb hisoblaymiz.
Bu yerda ham tasodif, lekin juda oddiy emas.
Ushbu don bitimi kelishuvlarini nazorat qilgan va muzokaralarga shafelik qilgan BMT maʼlumotlariga koʻra, dengiz yoʻlagi boʻylab eksport qilinadigan don mahsulotlarining 47 foizi “yuqori daromadli” mamlakatlarga ketgan.
Gʻalla yuklarining 27 foizi “oʻrta va yuqori daromadli” davlatlarga joʻnatilgan. Va bir foiz kamroq, yaʼni 26 foizi qashshoq mamlakatlarga ketgan.
Germaniya, yana oʻsha BMT statistikalariga koʻra, Yamandan ikki baravar koʻp don olgan. Frantsiya esa Somaliga qancha berilgan boʻlsa, shuncha olgan.
Agar faqatgina “xalqaro hamjamiyat Rossiyaning xatti-harakatidan” noroziligini emas, voqealar zanjirining oʻzini koʻrib chiqsak va birlashgan Yevropadagi mahsulotlar narxini kuzatib borsak, shuningdek, masalan, yevropalik dehqonlar hayotdan mamnun Yevropa parrandalarini nima bilan boqishadi va masalan, choʻchqalar uchun ozuqa tarkibiga qanday komponentlar kiritilganiga qarasak, u deyarli donlardan iborat ekani maʼlum boʻladi. Bu birinchi navbatda bugʻdoy. Ikkinchisi – makkajoʻxori.
Olti oy oldin ogohlantirish berilgan bugʻdoy hosili ahamiyatsiz boʻlib chiqdi va Frantsiya Qishloq xoʻjaligi vazirligi maʼlumotlariga koʻra, bu yil oʻtgan yoz va kuzda yigʻib olinganidan ikki million tonnaga kam hosil koʻtarilgan.
Keyin esa chakana sotuvchilar aytayotgan mahsulotlar taqchilligini koʻrsatish uchun yoqilgʻi narxining oshishini qoʻshish va yuqorida koʻrsatilgan inflyatsiyaga koʻpaytirish kerak.
Ehtimol, Yangi yil, bayramlar va boshqa oʻyin-kulgilar oldidan, ular, chakana sotuvchilar, qandaydir tarzda savdo marjalarini kamaytirishlari mumkin. Ammo yarim tun boʻlishi bilanoq, Yevropa moʻl-koʻlchilik aravasi boʻsh rastalarga aylanishi mumkin. Avvalgi hashamatdan urvoq ham qolmaydi.
Aslida, Makron “moʻl-koʻlchilikning tugashi” haqida gapirganda, xalqni shundan ogohlantirmaganmidi? Avgust oyining oxirida, albatta, ular uni eshitishni va tinglashni xohlamadilar, chunki frantsuzlar, barcha yevropaliklar singari, soʻnggi taʼtil kunlarining gashtini chiqarayotgandi.
Ammo oddiy fuqarolar hozirgacha koʻtara oladigan narsa yevropalik byurokratlar uchun deyarli mumkin emas.
Ular juda tez hisob-kitob qilib, tushundilarki qachondir juda toʻq boʻlgan qitʼa yeguliksiz qolishi mumkin.
Aytishlaricha, "oziq-ovqat inqirozini Rossiya tashkil qiladi" degan qichqiriqlar faqat soʻnggi evropaliklar orasidan ishonuvchan tabiatni hayratda qoldirishi mumkin.
“Oziq-ovqat inqirozini Rossiya uyushtiryapti” degan hayqiriqlar faqat evropaliklar orasidagi soʻnggi ishonuvchan tabiatli insonlarni hayratda qoldirishi mumkin.
Aslida esa Yevropa nafaqat sovuq va qorongʻi, balki och qolishi mumkin boʻlgan vaziyatga tushib qolishdan juda qoʻrqadi.
Och, albatta, Yevropa standartlari boʻyicha. Qolaversa, inflyatsiya va narxlar oshishidan yetarlicha aziyat chekkanlar och qoladi. Aholining ijtimoiy jihatdan eng zaif qatlami och qolishi mumkin.
Yevrobyurokratlarni Somali yoki Yamanning ochlikdan azob chekayotgan aholisi taqdiri tashvishga solmaydi. Ular uzoqda. Ular birlashgan Yevropaga hech qanday tahdid solmaydi. Yevrobyurokratlar sabri va kamtarligi allaqachon chok-chokidan soʻkilayotgan oʻz vatandoshlaridan, yevropaliklardan qoʻrqishadi. Yevrobyurokratlar fuqarolik itoatsizligidan qoʻrqishadi.
“Bu ijtimoiy inqirozmi? Yoʻq, hurmatli rais, bu inqilob!”
Agar ilgari bunday “teshik”lar pul chiqarib, old-orqasiga qaramay nafaqalarni oshirish bilan yopilgan boʻlsa, ikki raqamli inflyatsiya sharoitida bunday harakatlar imkonsiz.
Agar ilgari Rossiyadan gaz va neftni biroz koʻproq yetkazishni soʻrab, chakana yoqilgʻi narxini pasaytirish imkoni boʻlgan boʻlsa, bugungi kunda bu haqida gap boʻlishi mumkin emas.
Agar ilgari xuddi shu Kanada yoki Hindistonga borib, ortiqcha don sotib olish mumkin boʻlgan boʻlsa, bu ham hozir ish bermaydi.
Oqibatda oʻzini grossmeyster deb hisoblagan va katta shaxmat taxtasida oʻyin oʻynashga qaror qilganlar oxir-oqibat har bir keyingi harakati vaziyatni yomonlashtirganda, tsugtsvang holatiga kelib qolganini tushundi.
Albatta, vahima, va tahdidlar shuning uchun. Agar ular oʻz lavozimlari, taʼrifiga koʻra, davlat tafakkurining mavjudligini va oʻzlarining geosiyosiy qadamlarini sarhisob qilish qobiliyatini nazarda tutadigan odamlardan boʻlmaganida edi, ayblovlar ham boshqacha boʻlar edi.
Shunday qilib, bizga aytilganlarga birgina Ivan Andreyevich Krilovning iqtibosi bilan eʼtiroz bildirish mumkin.
“Avval oʻzingga boq, keyin nogʻora qoq”.
Yangiliklar lentasi
0