Toshkent hokimligi ko‘chalarni suv bosishi munosabati bilan aholiga murojaat qildi

© Pexels/JACK REDGATELuja ot dojdya
Luja ot dojdya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2022
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, kommunal va obodonlashtirish sohasi vakillarining asosiy kuchlari suv yo‘llarini ochishga qaratilgan.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Toshkent shahar hokimligi yog‘ingarchilik sabab poytaxt ko‘chalarini suv bosishi munosabati bilan aholiga murojaat qildi.
Ta’kidlanishicha, shu kunlarda kommunal va obodonlashtirish sohasi vakillarining asosiy kuchlari ariqlar va drenaj tizimlaridagi chiqindilarni chiqarishga va suv yo‘llarini ochishga qaratilgan.
Hokimlik xabariga ko‘ra, ushbu vaziyatning yagona sababi – chiqindilarning belgilangan joylarga emas, balki yo‘llarga va ariqlarga tashlab ketilishi.
“Kelajakda bunday holatlar qaytarilmasligi uchun chiqindilarni faqat belgilangan joyga tashlashingizni, bu orqali, poytaxtimiz ozodaligiga o‘z hissangizni qo‘shishingizni so‘raymiz!”, deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0