“Al-manar” markazi xattotlik san’atini qayta tiklashga yordam beradi - tafsilotlar

© “Al-manar” markaziBuxorodagi “Al-manar” markazi
Buxorodagi “Al-manar” markazi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2022
Obuna bo‘lish
Yangi ochilgan markazda kimlar arab tili va islom xattotlik san’atidan saboq olishi mumkinligi haqida materialimizda o‘qing.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Buxoroda arab tili va islom xattotlik san’atidan saboq beruvchi “Al-manar” markazi o‘z faoliyatini boshladi. Unda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilarga ta’lim beriladi. Bu haqida “Al-manar” markazi yurituvchisi Azimjon Yakubov Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Markaz o‘quvchilari buxorolik mashxur xattotlar, shuningdek arab tilidan sertifikatga ega malakali o‘qituvchilardan dars oladi.
© “Al-manar” markaziBuxorodagi “Al-manar” markazi
Buxorodagi “Al-manar” markazi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2022
Buxorodagi “Al-manar” markazi

“Xattotlikda har bir belgi va nuqtaning o‘z ma’nosi bor. Shuning uchun ham o‘quvchilar bitta xat turini urtacha 3 oyda o‘rganishadi. Arab tili darslari ikki bosqichda o‘qitiladi. Birinchi bosqichda yozish va o‘qish o‘rgatilsa, ikkinchi bosqich arab tili gramatikasi, tarjimasi, so‘zlashuv, eshitib tushinish amaliyotlarini qamrab oladi”, - deydi Azimjon Yakubov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, markaz xattotlikka qiziquvchi aholi o‘rtasida mazkur san’atni qayta tiklashga yordam beradi.

“O‘rta Osiyoda kitob bosish vujudga kelguniga qadar qo‘lozma kitob tayyorlash, ularning nusxalarini ko‘paytirish bilan xattotlar shug‘ullangan. Yillar davomida bu san’at rivojlanib, turli xattotlik maktablari yuzaga keldi. Masalan, Buxoro xattotlik maktabining Mirali Xiraviy, Mir Ubayd Buxoriy, Mir Husayn Ko‘lankiy Buxoriy kabi yirik vakillari bo‘lgan. Xorazm, Farg‘ona, Samarqand va Toshkent xattotlik maktablarida ham o‘z ishining ustasi sanalgan ko‘plab ziyolilar yetishib chiqqan”, - deydi u.

O‘zbekistonda azaldan xattotlik san’atidan me’morchilik va xalq amaliy san’atida ham keng foydalanilgan. Masjidlar, madrasalar va maqbaralarning tashqi va ichki devorlariga xattotlik uslublarida Qur’oni karim oyatlari, hadislar, hikmatli so‘zlar va she’riy parchalar bilan yozilgan bitiklar bor.
Yangiliklar lentasi
0