Erdog‘an Turkiyadagi gaz xabi uchun ehtimoliy joyni aytdi

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishPrezident Tursii Redjep Tayip Erdogan, arxivnoe foto
Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2022
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti mamlakat Energetika vazirligi rossiyalik hamkorlar bilan ish olib borayotganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Gaz xabi joylashishi katta ehtimol bilan Turkiya shimoli-g‘arbidagi Trakya viloyati bo‘ladi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an A Haber telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Trakya eng qulay joy bo‘lsa kerak. Hozir bizning Energetika vazirligimiz rossiyalik hamkorlar bilan ishlamoqda”, - dedi Turkiya yetakchisi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, loyiha uchun yo‘l xaritasi yil oxirigacha e’lon qilinishi mumkin.
Oktabroyida Vladimir Putin Turkiyada gaz xabi tashkil etishni taklif qilgan edi. Putin ta’kidlaganidek, bunday qaror iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq va xavfsizlik darajasi ancha yuqori bo‘ladi.
Keyinroq Turkiya rahbari bilan uchrashuvda Putin markazning yaratilishi narxni “normal, bozor darajasida, hech qanday siyosiy ohanglarsiz” xotirjam tartibga solish imkonini berishini ta’kidladi. Erdog‘an ta’kidlaganidek, u rossiyalik hamkasbi bilan bu borada kelishuvga erishdi va Yevropa Rossiya gazini Turkiya orqali qabul qila oladi.
Yangiliklar lentasi
0