Kelasi yildan tanlangan maktablarda Finlyandiya ta’lim tizimi joriy qilinadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNa uroke russkogo yazika v odnoy iz shkol Uzbekistana
Na uroke russkogo yazika v odnoy iz shkol Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2022
Obuna bo‘lish
Tajriba-sinovda ishtirok etadigan maktablar va ularning o‘qituvchilari bilan keyingi 2 oy davomida alohida dastur asosida ishlar olib boriladi.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. 2023 yil 1-yanvardan O‘zbekistonning 14 ta hududidan tanlab olingan maktablarning 1-4 sinflarida Finlyandiya ta’lim tajribasi joriy qilinadi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi huzurida tuzilgan Ishchi guruh faoliyati doirasida hozirda Finlyandiya tajribasini mamlakatga keng joriy etish, shu bilan birga ijtimoiy va milliy komponent fanlarida o‘zbek xalqi qadriyatlari va an’analariga xos bo‘lgan dastur va darsliklarni joriy qilish ishlari olib borilmoqda.
Laylo Rustamova ayni vaqtda Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 134-umumta’lim maktabida Finlyandiya ta’lim tizimini joriy etish bo‘yicha tajriba-sinov jarayonlari boshlanganini ma’lum qildi. Maktabning boshlang‘ich sinf o‘quv darslari ushbu ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich moslashtirilmoqda.
“Ishlarning mantiqiy davomi sifatida talim2023 aloqa kanallariga kelib tushgan 6 minga yaqin o‘qituvchi murojaatlari tahlil qilinib, eng ko‘p arizalar jo‘natgan, respublikaning 14 ta hududidagi maktablar tanlab olindi. Ushbu maktablarda 2023-yil yanvar oyidan 1-4 sinflarda Finlyandiya mas’ul idoralari tomonidan sifat belgisi bilan qayd etilgan zamonaviy darsliklarning aprobatsiyasi o‘tkaziladi va unda 4 ming nafardan ortiq o‘quvchi ishtirok etishi kutilmoqda”, - deydi Rustamova.
Bundan tashqari, ushbu 6 mingga yaqin o‘qituvchilar uchun ham hududlardagi malaka oshirish markazlarida hamda aprobatsiya o‘tadigan maydonchalarda alohida o‘quvlar tashkil etib boriladi. Tajriba-sinovda ishtirok etadigan maktablar va ularning o‘qituvchilari bilan keyingi 2 oy davomida alohida dastur asosida ishlar olib boriladi. Mazkur ishlarning birinchi bosqichi sifatida 139 ta boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun Toshkent shahrida 4-9 noyabr kunlari maxsus malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya maorif vaziri Sergey Kravsov O‘zbekistonda Rossiyaning “Fizika va matematika yo‘nalishi bo‘yicha “Aql kuchi” loyihasi amalga oshirilayotganini ma’lum qilgan edi.
Qayd etish kerakki, so‘nggi yillarda O‘zbekistondagi ta’lim muassasalarida rus tilini targ‘ib qilish va o‘rganish bo‘yicha ham qator loyihalar amalga oshirildi.
Xususan, 2020-yil oktabr oyida Rossiya Ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi va rossiyalik ishbilarmon Alisher Usmonovning “San’at, fan, sport” xayriya fondi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda rus tilini bilish darajasini oshirish maqsadida “Klass!” ("Zo‘r!")loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida bitim imzolangan. Loyiha 10-yilga mo‘ljallangan.
A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti (RDPU) O‘zbekiston maktablarining milliy sinflari uchun rus tili darsliklarini ham tayyorlab bergan.
Yangiliklar lentasi
0