Keyingi o‘quv yilidan boshlab o‘qituvchilaridan V2 darajadagi sertifikat so‘raladi - XTV

© Depositphotos.com / BlazeofgloryUchitel pishet u doski v shkole
Uchitel pishet u doski v shkole - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2022
Obuna bo‘lish
Ayrim hududlarda chet tili fani o‘qituvchilarining umumta’lim maktablariga ishga qabul qilinishida muammolar yuzaga kelishi va o‘qituvchilarning yetishmovchiligi kuzatilmoqda.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Yangi ishga kirayotgan chet tili o‘qituvchilariga V2 darajadagi sertifikat talabi 2023/2024 o‘quv yilidan kiritiladi. Bu haqida Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchisi lavozimiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim edi.
Shunga ko‘ra, ayrim hududlarda chet tili fani o‘qituvchilarining umumta’lim maktablariga ishga qabul qilinishida muammolar yuzaga kelishi va o‘qituvchilarning yetishmovchiligi kuzatilmoqda.

“Ko‘plab murojaatlarni inobatga olib, shuningdek, maktablarda xorijiy tillarni o‘qitish jarayoni davomiyligini ta’minlash maqsadida Hukumat tomonidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan cheti tili fani o‘qituvchilarining ishga qabul qilinmasligi xususidagi talab 2023/2024 o‘quv yilidan kuchga kirishi yuzasidan topshiriq berildi”, deyiladi xabarda.

Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilardan maktablarda ta’lim sifati va pedagoglarning bilimiga belgilangan talablarga to‘liq javob berish uchun o‘z ustida ishlash va malakani oshirish choralarini ko‘rishini so‘ramoqda.
Ma’lumot uchun, 2024/2025 o‘quv yilidan maktabdagi har qanday chet tili fani o‘qituvchisi V2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi. O‘z navbatida S1 darajadagi xalqaro sertifikatga ega o‘qituvchilar ham ayni vaqtda oylik ish haqlarini 50 foizga oshirish imkoniyatiga ega.
Yangiliklar lentasi
0