Patrushev G‘arbning eng xavfli qurolini aytdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie vo vserossiyskom soveshanii predsedateley sudov
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie vo vserossiyskom soveshanii predsedateley sudov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2022
Obuna bo‘lish
G‘arb Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri sovet xalqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabadagi rolini pasaytirish maqsadida shunday ishlarni amalga oshirmoqda, deydi Patrushev.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Tarixni soxtalashtirishga urinishlar G‘arb MDH davlatlariga qarshi qo‘llayotgan gibrid vositalar arsenalining o‘ta xavfli tahdidiga aylandi, deydi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev.

“Tarixni soxtalashtirish va fashizmni qayta tiklashga urinishlar G‘arb gibrid vositalari arsenalining o‘ta xavfli tahdididir”, - dedi Patrushev MDH davlatlari Xavfsizlik kengashlari kotiblari yig‘ilishida.

Uning fikricha, G‘arb haqiqatda Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri sovet xalqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabadagi rolini pasaytirish maqsadida shunday ishlarni amalga oshirmoqda.

“MDH mamlakatlari uchun Vashington tomonidan moliyalashtirilgan darsliklar va o‘quv kurslari SSSR tarixi, Rossiyaning Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlarining rivojlanishidagi roli haqida o‘ta noto‘g‘ri tushuncha beradi. Biz buni tushunamiz va MDH doirasidagi gumanitar hamkorlikni, jumladan, umumiy madaniy-tarixiy meros va gumanitar qadriyatlarni asrab-avaylash masalalarini birgalikda rivojlantirish niyatidamiz”, - deya qo‘shimcha qildi u.

Patrushevning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning G‘arb ta’siri doirasida uzoq muddatli mustahkamlanishi uchun asosiy ulush neonatsist kuchlariga qaratildi.
Yangiliklar lentasi
0