Bugun ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi

© Sputnik / Mariya DevaxinaOsen
Osen - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2022
Obuna bo‘lish
Toshkentda kunning ikkinchi yarmida yog‘ishi kutilmoqda.
TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Bugun O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati +12...+17 daraja iliq bo‘ladi.
Poytaxtda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat +15...+17 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarida kunning ikkinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi (baland tog‘larda yomg‘ir, qor), kechga tamon ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0