https://oz.sputniknews.uz/20221108/indoneziya-prezidenti-putin-g20-sammitida-qatnashmasligini-istisno-qilmadi-29796547.html
Indoneziya prezidenti Putin G20 sammitida qatnashmasligini istisno qilmadi
Indoneziya prezidenti Putin G20 sammitida qatnashmasligini istisno qilmadi
Sputnik O‘zbekiston
Qayd etilishicha, Indoneziya prezidenti Putin bilan suhbatdan keyin shunday fikrga kelgan. 08.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-08T14:22+0500
2022-11-08T14:22+0500
2023-04-05T18:41+0500
dunyoda
vladimir putin
jo bayden
indoneziya
aqsh
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1b/29532637_0:0:2664:1500_1920x0_80_0_0_d6122553328c92b340987cf1e8b63341.jpg
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Bu yilgi G20 sammitiga mezbonlik qiluvchi Indoneziya prezidenti Joko Vidodo Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning tadbirda qatnashmasligidan “qattiq ta’sirlandi”, deb yozadi “The Financial Times”.Indoneziya prezidenti gazetaga bergan intervyusida 2-noyabr kuni Putin bilan suhbatdan keyin shunday fikrga kelganini aytdi. Uning qayd etishicha, Rossiya rahbari 15-16 noyabrkunlari bo‘lib o‘tadigan sammitga taklif qilingan.Putin oktabr oyi oxirida tadbirda ishtirok etishini istisno qilmasligini aytdi. Shu bilan birga, davlat rahbari sammitda Rossiya albatta yuqori saviyada ishtirok etishini ta’kidladi.Tadbirda AQSh prezidenti Jo Bayden ham ishtirok etishi rejalashtirilgan. Rossiya va AQSh rahbarlarining rasmiy aloqalari rejalashtirilmagan. Putin oktabr oyi o‘rtalarida amerikalik hamkasbi bilan muzokaralar o‘tkazish zaruriyatini ko‘rmayotganini ta’kidladi. Bundan tashqari, hozirda bunday muloqot uchun platforma mavjud emas.O‘z navbatida, Amerika yetakchisi G20 doirasida Rossiya prezidenti bilan “uchrashmoqchi emasligini” aytdi.Sentabr oyi oxirida Jakarta Indoneziya hukumati Rossiya rahbarini qabul qilishga hozirlik ko‘rayotganini ma’lum qildi. Prezident ma’muriyati rahbari Xeru Budi Xartononing so‘zlariga ko‘ra, tashrif davomida Putinga hamrohlik qilish ssenariysi yuqori darajada muhokama qilinmoqda.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin hafta oxirigacha G20 sammitida ishtirok etish yoki etmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilishini ma’lum qilgan edi.
indoneziya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1b/29532637_317:0:2544:1670_1920x0_80_0_0_bfaf35ccd1210b226fff0d8824fea54d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
dunyoda, vladimir putin, jo bayden, indoneziya, aqsh, rossiya
dunyoda, vladimir putin, jo bayden, indoneziya, aqsh, rossiya
Indoneziya prezidenti Putin G20 sammitida qatnashmasligini istisno qilmadi
14:22 08.11.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) Qayd etilishicha, Indoneziya prezidenti Putin bilan suhbatdan keyin shunday fikrga kelgan.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Bu yilgi G20 sammitiga mezbonlik qiluvchi Indoneziya prezidenti Joko Vidodo Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning tadbirda qatnashmasligidan “qattiq ta’sirlandi”, deb
yozadi “The Financial Times”.
Indoneziya prezidenti gazetaga bergan intervyusida 2-noyabr kuni Putin bilan suhbatdan keyin shunday fikrga kelganini aytdi. Uning qayd etishicha, Rossiya rahbari 15-16 noyabrkunlari bo‘lib o‘tadigan sammitga taklif qilingan.
Putin oktabr oyi oxirida tadbirda ishtirok etishini istisno qilmasligini aytdi. Shu bilan birga, davlat rahbari sammitda Rossiya albatta yuqori saviyada ishtirok etishini ta’kidladi.
Tadbirda AQSh prezidenti Jo Bayden ham ishtirok etishi rejalashtirilgan. Rossiya va AQSh rahbarlarining rasmiy aloqalari rejalashtirilmagan. Putin oktabr oyi o‘rtalarida amerikalik hamkasbi bilan muzokaralar o‘tkazish zaruriyatini ko‘rmayotganini ta’kidladi. Bundan tashqari, hozirda bunday muloqot uchun platforma mavjud emas.
O‘z navbatida, Amerika yetakchisi G20 doirasida Rossiya prezidenti bilan “uchrashmoqchi emasligini” aytdi.
Sentabr oyi oxirida Jakarta Indoneziya hukumati Rossiya rahbarini qabul qilishga hozirlik ko‘rayotganini ma’lum qildi. Prezident ma’muriyati rahbari Xeru Budi Xartononing so‘zlariga ko‘ra, tashrif davomida Putinga hamrohlik qilish ssenariysi yuqori darajada muhokama qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin hafta oxirigacha G20 sammitida ishtirok etish yoki etmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilishini
ma’lum qilgan edi.