Samarqandda talabalarga qo‘shimcha ta’til berilmaydi - vazirlik

CC0 / Usplash / Element5 Digital / Devushka s knigami
Devushka s knigami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2022
Obuna bo‘lish
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan yana bir sammit munosabati bilan qo‘shimcha ta’til berilishi mumkinligi haqidagi xabarlarni inkor qildi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Samarqanddagi barcha oliy o‘quv yurtlarida tasdiqlangan o‘quv jadvaliga ko‘ra dars jarayonlari odatdagidek davom etadi. Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan hududdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga ta’til berilishi haqida turli asossiz xabarlar tarqalmoqda.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ushbu xabarlar asossiz ekani va o‘sha kunlari talabalarning dars jarayonlari odatdagidek davom etishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Samarqanda 10-11 noyabr kunlari Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.
Sammitda Yeroosiyoning muhim strategik hududlarida joylashgan turkiy dunyo mamlakatlari rahbarlari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston tashkilotning muhim a’zolaridan biri hisoblanadi. Shu paytga qadar davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan 30 dan ortiq tashabbusning aksariyati amaliyotga joriy etilgan.
TDT Samarqand sammiti a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi barcha yo‘nalishlardagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘taradi.
Yangiliklar lentasi
0