https://oz.sputniknews.uz/20221109/arxitektura-qurilish-sohasidagi-ikkita-institut-universitet-sifatida-qayta-tashkil-etiladi-29832918.html
Arxitektura-qurilish sohasidagi ikkita institut universitet sifatida qayta tashkil etiladi
Arxitektura-qurilish sohasidagi ikkita institut universitet sifatida qayta tashkil etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Texnopark, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzurida esa Inkubatsiya markazi tashkil etiladi. 09.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-09T14:55+0500
2022-11-09T14:55+0500
2022-11-09T14:55+0500
jamiyat
yangi qaror
toshkent
samarqand
universitet
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/09/29833756_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_5dee32c3d3cd985c9068fd157495ae73.jpg
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Toshkent va Samarqandda joylashgan arxitektura-qurilish sohasidagi ikkita institut universitet sifatida qayta tashkil etiladi. Bu prezident 8-noyabr kuni imzolagan 416-sonli qarorda nazarda tutilgan.Hujjatga ko‘ra, Toshkent arxitektura-qurilish instituti universitet sifatida qayta tashkil etiladi. U muhandislik, arxitektura, qurilish hamda qurilish materiallari texnologiyalari yo‘nalishlariga ixtisoslashtiriladi.Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti ham universitet sifatida qayta tashkil etilib, madaniy meros obyektlarini tiklash, dizayn, arxitektura, qurilish, urbanizatsiya va muhandislik yo‘nalishlariga ixtisoslashtiriladi.Universitetlarda o‘quv jarayonlari o‘zbek, ingliz va boshqa xorijiy tillarda kredit-modul tizimi asosida olib boriladi. U yerda ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshirishga yo‘naltirilgan Oliy ilm-fan maktabi tashkil etiladi.2023 yildan universitetlarda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent hamda Samarqanddagi arxitektura institutlarining o‘quv dasturlari isloh qilinib, ta’lim sifati xalqaro darajaga olib chiqilishi ma’lum qilingandi. Bu bo‘yicha prezident mutasaddilarga har bir kafedraga ishlab chiqaruvchi korxonalarni biriktirish, institutlar huzurida texnopark va inkubatsiya markazi tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.Universitetlar huzuridagi akademik litseylarni ham takomillashtirish va A-level darajasidagi o‘quv dasturi hamda metodikasini joriy etish ham rejalashtirilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/09/29833756_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_d194f08ce816e0862a632dc18954f901.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
jamiyat, yangi qaror, toshkent, samarqand, universitet
jamiyat, yangi qaror, toshkent, samarqand, universitet
Arxitektura-qurilish sohasidagi ikkita institut universitet sifatida qayta tashkil etiladi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Texnopark, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzurida esa Inkubatsiya markazi tashkil etiladi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Toshkent va Samarqandda joylashgan arxitektura-qurilish sohasidagi ikkita institut universitet sifatida qayta tashkil etiladi. Bu prezident 8-noyabr kuni imzolagan 416-sonli qarorda nazarda
tutilgan. Hujjatga ko‘ra, Toshkent arxitektura-qurilish instituti universitet sifatida qayta tashkil etiladi. U muhandislik, arxitektura, qurilish hamda qurilish materiallari texnologiyalari yo‘nalishlariga ixtisoslashtiriladi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti ham universitet sifatida qayta tashkil etilib, madaniy meros obyektlarini tiklash, dizayn, arxitektura, qurilish, urbanizatsiya va muhandislik yo‘nalishlariga ixtisoslashtiriladi.
Universitetlarda o‘quv jarayonlari o‘zbek, ingliz va boshqa xorijiy tillarda kredit-modul tizimi asosida olib boriladi.
U yerda ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshirishga yo‘naltirilgan Oliy ilm-fan maktabi tashkil etiladi.
2023 yildan universitetlarda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
1 yanvardan boshlab universitetlarga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi;
Universitetlar tuzilmasida Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor lavozimi joriy etiladi;
1 martga qadar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini xalqaro ta’lim va kasb klassifikatorlariga muvofiq maqbullashtiriladi;
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Texnopark ochiladi;
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzurida Inkubatsiya markazi tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent hamda Samarqanddagi arxitektura institutlarining o‘quv dasturlari isloh qilinib, ta’lim sifati xalqaro darajaga olib chiqilishi ma’lum qilingandi. Bu bo‘yicha prezident mutasaddilarga har bir kafedraga ishlab chiqaruvchi korxonalarni biriktirish, institutlar huzurida texnopark va inkubatsiya markazi tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.
Universitetlar huzuridagi akademik litseylarni ham takomillashtirish va A-level darajasidagi o‘quv dasturi hamda metodikasini joriy etish ham
rejalashtirilgan.