Dubay barcha karantin talablarini bekor qildi

© Foto : Unsplash / Fredrik ÖhlanderA view on Dubai, the United Arab Emirates
A view on Dubai, the United Arab Emirates - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2022
Obuna bo‘lish
Sharjaga kirish uchun karantin talablariga o‘zgartirishlar kiritilishi ham kutilmoqda.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Dubay barcha karantin talablarini bekor qildi. Bu haqida Uzbekistan Airways xabar berdi.
Endilikda Dubayga kirish uchun sayohatchilardan COVID-19ga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat yoki PZR-testlarni taqdim etish talab etilmaydi.
Shuningdek, Sharjaga kirish uchun karantin talablariga o‘zgartirishlar kiritilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni hukumati bir martalik vizaning amal qilish muddatini bir oydan uch oygacha uzaytirgandi. Unga ko‘ra, 90 kun muddatli bir martalik vizani endi Saudiya Arabistoniga har qanday maqsad bilan kelayotgan xorijlik sayohatchilar olishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0