Erdog‘an va Berdimuhamedov “Turkiy dunyoning oliy ordeni” bilan mukofotlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVisshaya nagrada turkskogo mira
Visshaya nagrada turkskogo mira - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2022
Obuna bo‘lish
Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida oliy martabali mehmonlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 11 noya - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 11-noyabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an hamda Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovni “Turkiy dunyoning oliy ordeni” bilan mukofotladi.
Shavkat Mirziyoyev Turkiya yetakchisiga mukofotni topshirib, uning turkiy davlatlar mustaqilligini mustahkamlash, ularning manfaat va qarashlarini xalqaro maydonda faol ilgari surish borasidagi jonbozligi tahsinga sazovor ekanini qayd etdi.
“Sizga taqdim etilayotgan yuksak orden turkiy oilamiz jipsligi va ahilligini, uning yanada hamjihatligini kuchaytirish borasidagi xizmatlaringizning amaliy e’tirofi, desam, ayni haqiqatni aytgan bo‘laman.
Sizni ushbu oliy mukofot bilan anjumanimizning barcha ishtirokchilari nomidan samimiy tabriklayman”, - deydi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zbekiston Gurbanguli Berdimuhamedovni mukofotlar ekan, uni turkiy dunyo integratsiyasiga va ko‘p tomonlama hamkorlik rivojiga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan atoqli davlat va siyosat arbobi deya ta’rifladi.
“Muhtaram Gurbanguli Malikguliyevich Berdimuhamedov Janobi Oliylari o‘zining ko‘p qirrali faoliyati, qimmatli ilmiy-ma’rifiy asarlari bilan keng jamoatchilik e’tiboriga sazovor bo‘lib, ayniqsa yosh avlod tarbiyasiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganini alohida ta’kidlash menga mamnuniyat bag‘ishlaydi.
Siz, qadrli birodarimni, ushbu oliy mukofot bilan chin qalbimdan muborakbod etaman”, - deya tabrikladi Mirziyoyev.
Shuningdek, marhum atoqli adib Chingiz Aytmatov Turk dunyosi birligini ta’minlashga qo‘shgan hissasi uchun Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot bilan taqdirlandi.
Chingiz Aytmatovga berilgan Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofoti Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovga topshirildi.
Qayd etish kerakki, ushbu mukofot 2019-yildan beri sammit ishtirokchilariga topshirib kelinadi. Bokuda o‘tkazilgan sammitda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevga ushbu ordenni topshirgan edi.
2021 yilda esa Turkiya prezidenti Ozarbayjon yetakchisini ayni shu orden bilan mukofotlagan.
Yangiliklar lentasi
0