O‘zbekiston kurashchilari Hindistonda Jahon chempionatida ishtirok etadi - foto

© Foto iz arxiva UKFUzbekskie kurashisti vistupat na ChM v Indii
Uzbekskie kurashisti vistupat na ChM v Indii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2022
Obuna bo‘lish
Musobaqa 23-28 noyabr kunlari Hindistonning Puna shahrida bo‘lib o‘tadi. Batafsil Sputnik muxbiri maqolsasida tanishing.
TOShKENT, 11 noya - Sputnik. O‘zbekistonning yetakchi kurashchilari Hindistonda noyabr oyining oxirida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok etadi. Bu haqida IKA (International Kurash Association - Xalqaro kurash assotsiatsiyasi) matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.

“Chempionatda, shuningdek, xalqaro murabbiylarning mahorat darslari hamda Butunjahon antidoping agentligi bilan hamkorlikda seminarlar tashkil etiladi. O‘zbek o‘g‘lonlari xalqaro musobaqalarda ishtirok etishga katta tayyorgarlik ko‘rishmoqda”, - deyladi xabarda.

O‘zbekiston jamoasi tarkibida Muhsin Hisomiddinov, Abdulaziz Hamroyev, Umid Esonov, G‘olib Sulaymonov, Sitora Husanova, Shahnoza Bozorova va boshqa kurashchilar, jami 15 ta sportchi bo‘ladi. (7 ta o‘g‘il va 8 ta qiz)
© Foto iz arxiva UKFUzbekskie kurashisti vistupat na ChM v Indii
Uzbekskie kurashisti vistupat na ChM v Indii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2022
Uzbekskie kurashisti vistupat na ChM v Indii
Jahon chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasiga malakali murabbiylar - Olim Ravshanov hamda Rizomat Soliyevlar boshchilik qiladi. Sportchilar har kuni qat’iy rejimda murabbiylar bilan mashg‘ulotlarni o‘tashadi. JChda bugungi kunga qadar dunyoning 70 ga yaqin mamlakatidan arizalar topshirilgan.
“IKA reyting tizimiga ko‘ra, Jahon chempionatida oltin medal sohibi 2000 ball, kumush medal sohibi 1400 ball, bronza medal sohibi 1000 ball oladi, shuningdek, maxsus diplom bilan taqdirlanadi.
Ayni damda kurash sporti Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan, Olimpiyada dasturiga hali kiritilmagan, shu bois to‘plangan ballar Olimpiyada o‘yinlari uchun ochko bermaydi.
© Foto iz arxiva UKFUzbekskie kurashisti vistupat na ChM v Indii
Uzbekskie kurashisti vistupat na ChM v Indii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2022
Uzbekskie kurashisti vistupat na ChM v Indii

Kurash xalqaro kongressi

JCh doirasida IKA tomonidan tashkil qilingan Xalqaro Kongress ham bo‘lib o‘tadi. Unda kurashni xalqaro sport o‘yinlariga rasmiy ravishda kiritish, hakamlik va murabbiylik qoidalari, hakamlarning 2-3 yulduz darajasidagi imtihonlari, xalqaro doiradagi musobaqalarni tashkil etish, dunyoda kurashni rivojlantirishda yuzaga keladigan muammolar, milliy federatsiyalarni IKA (International Kurash Association) tarkibiga qabul qilish, a’zolikni tugatish va boshqa ko‘plab dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.
Osiyo Olimpiya Kengashi prezidenti vazifasini bajaruvchi Raja Ranvir Singx, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi a’zolari, Jahon antidoping agentligi vakillari xalqaro Kurash assotsiatsiyasi Kongressi va Puna shahrida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati musobaqalarida ishtirok etadi.
© Foto iz arxiva UKFUzbekskie kurashisti vistupat na ChM v Indii
Uzbekskie kurashisti vistupat na ChM v Indii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2022
Uzbekskie kurashisti vistupat na ChM v Indii

Kurash sporti tarixi

Ma’lumot uchun, Kurash - yakkakurashning qadimiy turi bo‘lib, uning ildizi 2,5-3 ming yilga borib taqaladi. "Kurash" so‘zining ma’nosi "halol yo‘l bilan g‘olib bo‘lish" ma’nosini bildiradi. Markaziy Osiyo hududida kurash an’anaviy sport turi hisoblanadi.
O‘zbekiston hukmati 1990-yillardan boshlab ushbu qadimiy sportni xalqaro miqyosda targ‘ib qilish, xalqaro sport darajasigacha olib chiqish uchun bosqichma-bosqich sa’y-harakatlarni amalga oshirib kelmoqda.
Xususan, 1998-yilda kurash bo‘yicha Toshkentda birinchi marotaba 30 ta mamlakat ishtirokida xalqaro turnir bo‘lib o‘tgan edi. Shuningdek ilk bor Xalqaro Kongress o‘tkazilib, Kurash sporti Ustavi tasdiqlandi va o‘sha yildan kurash bo‘yicha IKA Ijroiya qo‘mitasi tashkil topdi. 1999-yildan boshlab kattalar o‘rtasida kurash bo‘yicha Jahon chempionatlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
© Foto iz arxiva UKFUzbekskie kurashisti vistupat na ChM v Indii
Uzbekskie kurashisti vistupat na ChM v Indii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2022
Uzbekskie kurashisti vistupat na ChM v Indii
Yangiliklar lentasi
0