Umra ziyoratlari sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi tashkil etildi

© O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatiShavkat Mirziyoyev Ka’batullohni ziyorat qildi
Shavkat Mirziyoyev Ka’batullohni ziyorat qildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2022
Obuna bo‘lish
Toshkentda Umra ziyoratlari sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasining taqdimot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Umra ziyoratlari sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi tashkil etildi. Bu haqida O‘zA xabar berdi.
Toshkentda Umra ziyoratlari sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasining taqdimot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Qayd etilishicha, Umra safarini sayyohlik agentliklari orqali tashkil etib berayotganligi sababli ayrim muammolar yuzaga kelmoqda.
Mazkur muammolarni bartraf etishda maqsadida Umra ziyoratlari sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi tashkil etish zarurati tug‘ildi. Umra ziyoratlari sayyohlik agentliklari assoitsiatsiyasi Adliya vazirligida Davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Assoitsiatsiyaning asosiy vazifalari:
Umra ziyoratini tashkil etishda ayrim sayyohlik agentliklari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan barcha kamchiliklarni bartaraf etish;
Muqaddas ziyoratni tashkil etishda sayyohlik agentliklari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish;
Ushbu yo‘nalishga doir malakali kadrlar tayyorlashda o‘quv kurslarini tashkil etish orqali ko‘mak ko‘rsatish.
“Bunday uyushmaning tashkil etilishi juda quvonarlidir. O‘tgan bir asr davomida bizda Umra ibodati bo‘lmagan. 1986-yilda O‘zbekistondan atigi birgina odam Umraga borgan. Ushbu muqaddas safarga mavjud kvotalarning olib tashlangani e’tiborga molikdir”, deydi Toshkent shahar bosh imom xatibi Rahimberdi Rahmonov
Taqdimot marosimida Umra safarini ado etishda sifatli xizmat ko‘rsatayotgan aviakompaniyalar, sayyohlik agentliklari taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni ziyoratchilar safarini osonlashtiruvchi platformani ishga tushirilgandi. “Nusuk” platformasi ziyoratchilarga ma’lumot va bir qator xizmatlarni taqdim etib, ularga Umra marosimlarini qulaylik bilan bajarish imkonini beradi.
Yangiliklar lentasi
0