Mo‘ynoq tumanida “Moliyachi bog‘i” barpo etildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPress-tur v Muynak
Press-tur v Muynak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2022
Obuna bo‘lish
Tumandagi 5 gektarlik hududda iqlimga mos katalpa, qayrag‘och, yasen, klon, aylant kabi 5 mingdan ortiq daraxt ko‘chatlari ekildi.
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Moliyachi bog‘i” barpo etildi.
Aytilishicha, mazkur tumanning “Madeli” OFY Shege ovulidagi 5 gektarlik hududda iqlimga mos katalpa, qayrag‘och, yasen, klon, aylant kabi 5 mingdan ortiq daraxt ko‘chatlari ekildi va “Moliyachi bog‘i” barpo etildi.
Ma’lumot uchun, respublikada o‘tgan yilgi tajribadan kelib chiqib, 20-oktabrdan 1-dekabrga qadar ko‘chat ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilingan.
Kecha butun respublika bo‘ylab “Tabiat uchun birlashaylik” shiori ostida mevali, manzarali va buta ko‘chatlarini ekish bo‘yicha ommaviy flashmob tadbiriga start berildi. Unda umumiy hisobda 56 ming dona mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi.
Yangiliklar lentasi
0