Rossiya va O‘zbekiston muqobil energiya manbalari sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishVetranaya elektrostansiya
Vetranaya elektrostansiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda "yashil" energiyaga o‘tish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. 2026-yilga borib respublika qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida ishlab chiqarish darajasini 25 foizga (8 GVt) yetkazish niyatida.
TOShKENT, 12 noya - Sputnik. Rossiyaning Dealan Energo (Udmurtiya) kompaniyasi O‘zbekistonda shamol elektr stansiyalarini ishlab chiqarish va sotish huquqini beruvchi litsenziya shartnomasini imzoladi.
Loyiha O‘zbekistondagi “Qo‘qon mexanika zavodi” AJ korxonasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, kompaniya “Amrut Resurs” MChJ bilan GESlarni O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha dilerlik shartnomasini tuzib, ta’minot ishlarini yakunlash va amalga oshirish huquqiga ega.
Ma’lumot uchun, Dealan Energo (www.dealanenergo.ru) qayta tiklanadigan energiya manbaalari sohasida ilmiy ishlanmalar bilan shug‘ullanadi.
Aytish joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda "yashil" energiyaga o‘tish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. 2026-yilga borib respublika qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida ishlab chiqarish darajasini 25 foizga (8 GVt) oshirish niyatida.
Joriy yilning sentabr oyida mamlakatimizning Qashqadaryo viloyatida iste’molchilarni muqobil energiya vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha klasterlar tashkil etish rejalashtirilgani ma’lum bo‘lgan edi.
Yangiliklar lentasi
0