https://oz.sputniknews-uz.com/20221114/shveytsariya-ukrainaga-qurol-etkazib-bermaydi-29973263.html
Shveytsariya Ukrainaga qurol yetkazib bermaydi
Shveytsariya Ukrainaga qurol yetkazib bermaydi
Birinchi jahon urushi paytida ham, hatto Ikkinchi jahon urushi paytida ham biz qurol eksport qilmaganmiz, dedi Shveytsariya prezidenti. 14.11.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-11-14T19:06+0500
2022-11-14T19:06+0500
2022-11-14T19:06+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
shveytsariya
ukraina
sergey lavrov
rossiya
nato
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/0e/23982306_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_0caadec6090c54328ffdc9b766daca3e.jpg
TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. Shveytsariya Ukrainani qurol-yarogʻ bilan taʼminlamaydi, qurolli mojarolarda toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita ishtirok etmaydi. Bu haqda RIA Novostiga mamlakat prezidenti Inyatsio Kassis maʼlum qildi.Shveytsariya qurollarni reeksport qilishdan bosh tortgani uchun yevropalik hamkorlari tomonidan bosimga uchraydimi, degan savolga prezident “bosim har doim mavjud”, deya javob berdi.Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berilgani uchun NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol boʻlgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini taʼkidladi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “oʻt bilan oʻynamoqda”, deb taʼkidladi. Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaga Gʻarbdan qurol-yarogʻ yetkazib berish Rossiya-Ukraina muzokaralarining muvaffaqiyatiga hissa qoʻshmasligi va salbiy taʼsir koʻrsatishini aytgan.
shveytsariya
ukraina
rossiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/0e/23982306_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_7c0c1835af3d38ef0d5f84da39ff7849.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shveytsariya, ukraina, sergey lavrov, rossiya, nato
shveytsariya, ukraina, sergey lavrov, rossiya, nato
Shveytsariya Ukrainaga qurol yetkazib bermaydi
Birinchi jahon urushi paytida ham, hatto Ikkinchi jahon urushi paytida ham biz qurol eksport qilmaganmiz, dedi Shveytsariya prezidenti.
TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. Shveytsariya Ukrainani qurol-yarogʻ bilan taʼminlamaydi, qurolli mojarolarda toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita ishtirok etmaydi. Bu haqda RIA Novostiga mamlakat prezidenti Inyatsio Kassis maʼlum
qildi.
“Birinchi jahon urushi paytida ham, hatto Ikkinchi jahon urushi paytida ham biz qurol eksport qilmaganmiz”, - dedi Kassis Parij tinchlik forumi chogʻida.
Shveytsariya qurollarni reeksport qilishdan bosh tortgani uchun yevropalik hamkorlari tomonidan bosimga uchraydimi, degan savolga prezident “bosim har doim mavjud”, deya javob berdi.
“Shveytsariya, boshqa Yevropa davlatlari kabi, vaziyatning har tomonlama rivojlanishini kuzatib bormoqda. Biz kuchlarni birlashtirdik, YEI sanktsiyalariga qoʻshildik, rekonstruktsiya (Ukraina) va gumanitar yordam nuqtai nazaridan harakat qilmoqdamiz. Ammo biz ikki yuz yil davomida aniq va barqaror xavfsizlik va tashqi siyosat yuritish imkonini bergan oʻz yoʻlimizda – betaraflik yoʻlida davom etamiz. Biz buni oʻzgartirmaymiz. Biz turgan joyimizda qolamiz va bu biz qilayotgan ishlarga toʻliq mos keladi, deb oʻylayman”, - dedi u.
Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berilgani uchun NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol boʻlgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini taʼkidladi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “oʻt bilan oʻynamoqda”, deb taʼkidladi.
Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaga Gʻarbdan qurol-yarogʻ yetkazib berish Rossiya-Ukraina muzokaralarining muvaffaqiyatiga hissa qoʻshmasligi va salbiy taʼsir koʻrsatishini aytgan.